So’nggi yangiliklar

13:51Слот: "Каттароқ ҳисобда ютишимиз мумкин эди"  1 13:17Флик ёзда "Барселона"ни тарк этмоқчи  5 12:50U-17 Жаҳон чемпионати олдидан. Ислом Исмоилов: "Жаҳон чемпионатига энг яхши ҳолатда етиб келдик"  6 12:43Футзал бўйича Осиё кубогига қуръа ташланди. Ўзбекистон Япония ва Австралия билан бир гуруҳда  4 12:11Про лигада 2-ўринни олган клуб: "Суперлигада жой йўқ, деб қўяверинглар"  8 10:50Аббосбек Файзуллаев индивидуал тикланиш машғулотларини бошлади  4 10:15Роналду фаолиятини якунлаганидан кейин нима қилишни истаётганини айтди  36 09:27"Барселона" мураббийи клубдаги ҳолат сабабли жамоадан кетмоқчи  7 09:00Алонсо мағлубиятдан сўнг нималар деди?   35 08:33Роналду ўғлига 300 минг долларлик автомобиль совға қилди   11 08:05Ўзбекистон МТЖ аъзоси муваффақиятли операция қилинди   6 07:39U-17 Жаҳон чемпионати. Бугун ўсмирларимиз ўз юришларини бошлайди  15 03:21ЕЧЛ. "Атлетико" ва "Тоттенхэм"да ғалаба. "Ювентус" яна дуранг ўйнади  2 03:05ЕЧЛ. "Бавария" меҳмонда ПСЖни таслим этди. Диас четлатилди, Дембеле жароҳат олди  15 03:00ЕЧЛ. ​"Ливерпуль" ўз уйида "Реал Мадрид"ни мағлубиятга учратди  180

Inesta Opta raqamlarida Yangiliklar

Inesta Opta raqamlarida

Teglar :  Andres Inesta
"Barselona" afsonasi Andres Inesta Kataloniya klubini tark etdi va Yaponiyaning "Vissel Kobe" jamoasi safiga o'tdi.

12 yoshida "Barselona"ga kelgan ispaniyalik daho klub bilan deyarli barcha sovrinni qo'lga kiritdi.

To'p bilan engil harakatlanishi va paslarni yaxshi ko'ra olishi Inestani so'nggi 15 yillikdagi eng yaxshi futbolchilardan biriga aylantirdi.

2002/03 mavsumda debyut qilgan Inesta "Barselona" tarixidagi buyuklar safiga qo'shildi.

Yaponiyada qanday muvaffaqiyatga erishishiga qaramay, Inesta "Barselona"dagi faoliyati tufayli xotiramizda ajoyib futbolchi sifatida saqlanib qoladi.
Opta nashrining raqamlari bilan, maestroning faoliyatidagi qiziqarli statistik malumotlarni etiboringizga havola qilamiz.

674 
- Inesta "Barselona" safida barcha turnirlarni qo'shib hisoblaganda 674ta uchrashuvda maydonga tushgan. Bu ayni damda ko'k-anorranglilar safida o'ynayotgan har qanday futbolchidan ko'p. Klub tarixida faqat Xavi Andres Inestadan ko'proq o'yin (767) o'tkazgan.



459 
- 674ta uchrashuvning 459tasi g'alaba bilan yakunlangan. Inesta ishtirok etgan bahslarning 68.1%da Kataloniya klubi zafar quchgan.



18 - Inesta CHempionlar ligasida debyut qilganida 18 yosh 170 kunlik edi. Uning turnirdagi ilk o'yini 2002 yil 29 oktyabrda "Bryugge"ga qarshi bahs bo'lgan.


9 - "Barselona" ramzi 16 mavsum ichida LaLiganing 9ta sovrinini qo'lga kiritgan.


70 
- Inesta LaLiga bahslarida 70 marta golli pas bergan. Uning eng yaxshi natijasi 2012/13 mavsumda qayd etilgan, 16ta golga assistentlik qilgan yarim himoyachi o'sha mavsum kuchli besh ligada bu natijaga erishgan yagona futbolchi edi.


35 - Ispaniya terma jamoasi futbolchisini goleador deb bo'lmaydi, u "Barselona" safida LaLigada 35ta gol urgan.



9 - Hech qachon "Oltin to'p"ni yuta olmagan Inesta 9 marta FIFAning yil ramziy terma jamoasiga kirgan. Faqat Lionel Messi va Krishtianu Ronaldu bu borada yaxshiroq ko'rsatkichga ega (11).



116 - Inesta faoliyatidagi eng yaxshi on JCH-2010 finalining 116-daqiqasida bo'lgan. U o'shanda Gollandiya terma jamoasi darvozasiga gol urib, ispanlarga jahon kubogini olib bergan. Futbolchi bahsning eng yaxshi o'yinichi deb topilgan.



9
- Inesta 9 xil murabbiy qo'l ostida ishlagan. Yarim himoyachi eng ko'p uchrashuvni Frank Raykard jamoasida o'tkazgan.

Reyting: +14   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика