So’nggi yangiliklar

01:08Жанлуижжи Доннарумма: "Пеп мени жамоасида кўришни истаётганини айтди. Бу мени ғурурлантирди"  1 00:46Расман: Онана - "Трабзонспор" дарвозабони!  14 00:15"Вест Хэм" дербидан олдин мухлисларга тақиқ қўйди  0 23:44Доннарумма "Манчестер Сити"да қайси рақамда ўйнайди?  0 23:29"Реал" "Ливерпуль" марказий ҳимоячисини текинга қўлга киритмоқчи  0 22:57"Атлетик" "Ал Насср" футболчисини рўйхатдан ўтказди  0 22:32УЕФА 2026/27 мавсумидаги еврокубоклар финаллари ўтадиган стадионларни эълон қилди  2 22:16Отабек Нарзуллаев: "Бу мавсум давомидаги энг муҳим учрашувлардан бири бўлди"  0 21:45Элдор Мойлиев: "Футболда ютган жамоага юқори баҳо қўйилади"  1 21:18"Бунёдкор" стадионини ўз ҳолатига қайтариш ишлари бошланди  21 20:49Рональдиньонинг ўғли Чемпионшип жамоасида ўйнайди  4 20:22Суперлига. "Машъал" Ғузорда "Шўртан"дан устун келди  7 19:53Виктор Гёкереш – Португалия чемпионатида мавсумнинг энг яхши футболчиси  0 19:24"Арсенал" икки етакчиси билан шартномани узайтирмоқчи  3 18:55Испания терма жамоаси бош мураббийи: "Ле Норман – Европанинг энг яхши ҳимоячиларидан бири"  1

Incheondan yozamiz. 7-kun kundaligi. Gandbolchi qizlarimizdan yirik g'alaba Yangiliklar

Incheondan yozamiz. 7-kun kundaligi. Gandbolchi qizlarimizdan yirik g'alaba

Erta tongda Osiyo Olimpiya kengashining katta sammiti bo'lib o'tdi.

Unda Mirabror Zufarovichni sportga qo'shayotgan hissasi uchun mahsus medal bilan rag'batlantirishdi. Tomas Bax, Mirabror Zufarovich O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi rahbarligiga tayinlanganiga ko'p bo'lmagan bo'lsada, qisqa vaqt ichida juda keng ko'lamdagi ishni amalga oshirganligini takidlab o'tdi. Hammadan ham Tomas Baxga Toshkentda yangi qurilayotgan MOQning binosi va u erda sportchilar uchun ochiladigan tibbiy markaz yoqqanligini aytib o'tdi.

Afsuski bu tadbirni o'tkazib yubordim. “Nikon”dan apparat olganligim uchun 24 soat ichida qaytarib berishim lozim edi. SHu tarzda kun boshlandi. Media markazda odamlar endi kamayib ketgan edi. Juda ko'pchilik hamkasblarim o'z sporchilari ishtirokidagi o'yinlarni yoritish uchun ketgan edilar. 

Tezda kundalikni yozdim-da, avtobusga o'tirib “Goyang” stadioni tomon yo'lga chiqdim. Afsuski mashg'ulot maydoni juda ham olisda. Bu erdagi asosiy maqsadim futbol bo'lganligi uchun boshqa sport turlariga borishga vaqt bo'lmayapti. Stadionga kelganimda mashg'ulot endi boshlangan edi. Ishni ham boshlab yubordim. Kayfiyat doimgidek alo. Faqat asosiy tarkibda maydonga tushmayotganlar biroz hafadek, ammo bu futbol qonuni. Kimdir o'ynaydi, kimdir zaxirada o'tiradi. Lekin ularni bari muhimi chempionlik ekanligini to'g'ri tushunib turishibdi. Bu safar asosiy etiborni darvozabonlarga qaratdim. Buni mahsus darvozabonlar uchun chiqarilgan galereyadan ham bilib olgan bo'lsangiz kerak.

Qaytishdagi hamroxim Ribkin. Aytishicha, "Paxtakor" bilan yangi bitimga imzo chekkan. Milliy terma jamoada ham o'ynashni istasa, kamida Nesterov kabi ishlashi lozimligini aytdim. Ignatiyning bir odatini bilaman, mashg'ulot tugaganidan keyin yana yarim soat davomida o'zi uchun qo'shimcha mashg'ulot o'tkazadi. 

Futbol mashg'ulotlaridan keyin gandbol bo'yicha O'zbekiston - Maldiv Orollari terma jamoalari o'rtasidagi bahsga bordim. Terma jamoamizni yutishiga ishongan edim, ammo bunday hisobda emas. Gandbolchi qizlarimiz 57:7 hisobda g'alaba qozondilar. Bahs tugashiga 2 daqiqa qolganida, "qizlar, 60ta qilib qo'yalik", deb rosa harakat qilishdi-yu, biroz o'xshamay qoldi.

Og'ir atletikadan Mahliyo Tog'aeva va dzyudo vakili Mirzohid Farmonov sport shaharchadagi uyimizga musobaqadagi ilk medallarini olib keldilar.

Foto esa jamoamiz shifokori Abror Pirrievga tegishli.

20 sentyabr, Janubiy Koreya, Incheon.

Nodirxo'ja Yuldashev.


Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика