So’nggi yangiliklar

20:10Футзал. БМБ – "Оил Стар" 5:1   0 19:55Футзал. БМБ "Оил Стар"ни 4 та тўп фарқи билан мағлуб этиб, Ўзбекистон Суперкубогига эга чиқди!  7 19:49Суперлиганинг 20-турида ҳакамлар жуда кўп хатога йўл қўйди  2 19:46Ўзбекистон Кубоги. "Пахтакор" - "Машъал" (матнли трансляция)  3 19:29Про лига. "Арал" "ФарДУ"ни ишончли ҳисобда мағлуб этди   3 19:22Тимур Кападзе: "Ўмон билан ўйинда легионерлар бизга ёрдам беролмайди"  9 19:01Хаби Алонсо Рюдигернинг жисмоний ҳолати ҳақида тўхталди  0 18:34Онана Ла Лигага йўл оладими?  3 18:01Расман: "Боруссия Д" "Челси" ярим ҳимоячиси трансферини расмийлаштирди  2 17:22Варди фаолиятини А Серияда давом эттирадими?  4 16:35Абдулла Бўриев: "Иккинчи даврада таркибимизга легионер қўшиб олишимиз мумкин, янги мавсумда ҳаммага кураш тақдим қиламиз"  0 16:12Денис Иванков: "Дарвозабонлар муаммоси бугун пайдо бўлиб қолмади"  1 15:54Ҳали қайдномага ҳам кириб улгурмаган "Насаф" легионери сафдан чиқди  13 15:35"Олимпик"нинг қарзи 3 миллиардга етди, 4 ойдан буён маош йўқ  8 15:20"Тоттенхэм" яна оғзидаги ошни "Арсенал"га олдирмоқда   2

Imkoniyatlar teng tur Yangiliklar

Imkoniyatlar teng tur

Birgina "Olmaliq" - "Qizilqum" o'yinida Igor SHkvirin jamoasini o'z maydonida to'p tepish evaziga qo'lga kiritiladigan ustunlikni inobatga olmasa, qolgan o'yinlardagi imkoniyatlan teppa-teng.
So'g'diyona (Jizzax) – Mashal (Muborak)
Hakamlar:
M. Muhammedov (Toshkent vil.), A. Snetkov (Toshkent vil.), R. No'monov (Toshkent), A. Ergashev (Toshkent)
Nazoratchi: A. Abdullaev (Toshkent).
Imkoniyatlar: 50:50%



Zominda bo'lib o'tadigan o'yinda "So'g'diyona" Muborak klubiga munosib qarshilik qilishi kutilmoqda. Sababi qachondir Davron Fayziev jamoasi g'alabasiz seriyaga barham berishi kerakku. "Mashal"ga pand berishi mumkin bo'lgan holat bu maydonning sifatsizligi bo'lishi mumkin.

Andijon (Andijon) – SHo'rtan (G'uzor)
Hakamlar:
V. Agishev (Toshkent), M. Saidqosimov (Toshkent), T. Gaynulin (Toshkent), R. Tolibjonov (Farg'ona)
Nazoratchi: A. Xotamov (Tashkent).
Imkoniyatlar: 50:50%



O'tgan mavsum oliy ligada qoldirilgan va oliy ligaga chiqqan klublar o'rtasidagi o'yin qiziqarli kechishi aniq. Edgar Gess o'z vaqtida "SHo'rtan"da faoliyat olib borgan. "Andijon" o'z maydonida har qanday raqibni shoshirib qo'ya olishini bilamiz. Muxtor Qurbonov boshchiligidagi "SHo'rtan" derbidagi alamli mag'lubiyatdan so'ng g'alaba ilinjida vodiyga tashrif buyuradi.

Dinamo (Samarqand) – Metallurg (Bekobod)
Hakamlar:
D. Pislegin (Toshkent), B. Qodirov (Buxoro), A. Qo'ldoshev (Buxoro), E. Tursunov (Buxoro)
Nazoratchi: B. Galeev (Urganch).
Imkoniyatlar: 50:50%



Samarqand klubi hozircha g'alaba qozona olmagan uchta klubdan biri bo'lib turibdi. Bugun jamoa o'z muxlislari qarshisida ushbu qora ananaga barham berishga harakat qiladi. "Metallurg" esa agar istasa har qanday raqibni mag'lub etishi mumkin. Ketma-ket uch turdan buyon o'z muxlislarini xursand qila olmayotgan bekobodliklar safarda bo'lsa ham 3 ochkoni ko'zlab maydonga tushadi.

Qo'qon-1912 (Qo'qon) – Buxoro (Buxoro)
Hakamlar:
O. Tolibjonov (Toshkent), R. Serazetdinov (Toshkent), A. Sidorov (Toshkent), A. Risqullaev (Toshkent)
Nazoratchi: I. Nexochin (Namangan).
Imkoniyatlar: 50:50%



Qo'qonliklar bugun yana bir katta futbol guvohiga aylanishadi. Aleksandr Mochinov boshchiligidagi "Buxoro" vodiyga keladi. Buxoroliklar hali oliy ligada umuman g'alaba qozona olishmadi. "Qo'qon-1912" esa faqat ilk turda uch ochkoni qo'lga kiritgandi. Nihoyat bugun muxlislar o'z suyuklilari ishtirokidagi g'alabali o'yinni ko'rishlari mumkin.


Bunyodkor (Toshkent) – Neftchi (Farg'ona)
Hakamlar:
V. Kovalenko (Toshkent), A. Usmonov (Toshkent), A. Kalinin (Toshkent), SH. Qayumov (Jizzax)
Nazoratchi: S. Najafaliev (Toshkent).
Imkoniyatlar: 50:50%



Farg'ona klubi oliy ligada hozircha mag'lub bo'lmagan yakkayu-yagona klub sanaladi. Murod Ismoilov shogirdlari o'tgan yil "Bunyodkor" maydonida durangga erishishgandi. "Qaldirg'ochlar" faqat "Lokomotiv"ga qarshi o'yinda ochko yo'qotishdi xolos. SHu bois bugungi bahsda kimnidir favorit yoki autsayder deb hisoblab bo'lmaydi.


Olmaliq (Olmaliq) – Qizilqum (Navoiy)
Hakamlar:
B. Namazov (Toshkent), T. Galeev (Toshkent), A. Po'latov (Toshkent), R. Lutfulin (Toshkent)
Nazoratchi: V. Valickiy (Toshkent).
Imkoniyatlar: 55:45%



"Olmaliq" o'z maydonidagi uchta o'yinning barchasida g'olib bo'ldi. "Qizilqum" esa safarda umuman zafar quchmadi. Igor SHkvirin jamoasi yoqimli ananani davom ettirishga harakat qilishadi. Navoiyliklarga Olmaliqda juda qiyin bo'lishi aniq.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика