So’nggi yangiliklar

18:52Kelme бренди Аёллар Осиё Кубоги-2026 мусобақаси учун расмий тўпни тақдим этди  0 18:25Антони: "Месси ҳар доим менинг кумирим бўлган"  2 18:10Суперлига. "Пахтакор" – "Насаф" (матнли трансляция)  28 17:58Суперлига. ОКМК Термизда ғалаба қозона олмади, "Сурхон" учрашувни 10 киши бўлиб тугатди  4 17:47ЖЧ-2026 Европа плей-офф босқичига қуръа ташланди: иккита мундиални ўтказиб юборган Италия Шимолий Ирландия билан тўқнашади  7 17:28ЖЧ-2026 Қитъалараро плей-офф босқичига қуръа ташланди: саралашда 18 ўйиндан 10 тасида ютқазган Боливияда ҳам ҳали имкон бор  6 16:45Самвел Бабаян "Андижон" бош мураббийи бўладими?  19 16:29Суарес: "Мен доим танқид билан курашганман"  1 15:53"Бунёдкор"нинг ОЧЛдаги энг йирик ғалабасини ёдга оламиз   6 15:44Англиялик ҳужумчи Конго ДР терма жамоасида ўйнашга тайёр  1 15:17Путин: "Футбол мухлислари доимий равишда ҳакамлик сифатига эътибор беради"  5 14:41Дмитрий Ан қирғиз жамоасини бошқаради  10 14:18"Атлетико" футболчиси ЖЧни ўйлаб жамоадан кетмоқчи  3 13:51"Манчестер Сити"нинг ўтмишдаги рекорд трансфери тўртинчи марта ҳибсга олинди  2 13:22"Интер" Милан дербиси олдидан икки футболчисини йўқотди  0

Ilyos Zeytullaev: "Ikkinchi bo'limdagi o'yini uchun "Metallurg"ga tan berish kerak" Yangiliklar

Ilyos Zeytullaev: "Ikkinchi bo'limdagi o'yini uchun "Metallurg"ga tan berish kerak"

Superliganing 24-turi doirasida "Metallurg"ga qarshi o'yindan keyin "Bunyodkor" bosh murabbiyi Ilyos Zeytullaev matbuot anjumanida qatnashdi.

- O'yinni ikki qismga ajratish mumkin. Birinchi bo'limda biz yaxshi, jamoaviy, zich himoyali o'ynadik, vaziyatimizdan foydalandik. Ikkinchi bo'limdagi o'yini uchun "Metallurg"ga tan berish kerak. Ligada jon saqlab qolish uchun kurash so'nggi soniyalargacha bo'ladi. Katta mehnat qilgan, qiyinchiliklardan o'tgan jamoa uchun barchasi yaxshi bo'ladi.

- Jamoangiz ikkinchi bo'limda birinchidagidan ko'ra yomonroq o'ynadi deb aytdingiz. Bunga sabab nimada? Ikkinchi bo'limda ham yaxshiroq o'ynashning iloji yo'qmidi?

- Ha, bor edi. Bazida bu gaplar so'zlarda qolib ketadi. Futbol shunday o'yin, unda hissiyotlar, qo'rquvlar, bosim yonma-yon yuradi. Biz gol urib olganimizgacha yaxshi o'ynayotgandik. Hududlarga ega bo'ldik. Ikkinchi bo'limda ham shunday davom etishimiz, xotirjamroq bo'lishimiz kerak edi. "Metallurg" mag'lub bo'layotgan payti bosim uyushtirishi aniq edi. CHunki ligada jon saqlab qolayotgan jamoalar shunday. SHunday payt xotirjamroq bo'lib, fikrlarni bir joyga jamlab, ikkinchi golni urish kerak. Yigitlarga 1:0 hisobi bunday o'yinlarda 0:0dan farq qilmasligini aytdim. SHu sababli biz yaxshiroq harakat qilishimiz kerak edi. Mavsum boshidan buyon bosim bo'ladigan jamoalarda futbolchilar mavsum yakunida kuchni yo'qotishi mumkin. SHu sababli biroz dam olib, oldindagi ikki o'yinni final kabi o'tkazish kerak. 

- Ikkinchi bo'limda golgacha Filipovich va Abdunabiev o'rtasida qandaydir mojaroli suhbat bo'ldi va shundan keyin jamoa gol o'tkazib yubordi. Ligada jon saqlab qolish uchun kurashayotgan jamoa uchun bunday ishlar yaxshi holat emas. O'shanda futbolchilar nimani kelisha olmay qolishdi?

- Bu normal holat. Jamoadoshlar nimanidir kelisha olishmay qolishi bo'lib turadigan holat. Lekin men buni ko'rmay qoldim. Agarda shunday holat bo'lmasa, men uchun yomon bo'lishi mumkin. Demak, jamoa o'lik ahvolda, futbolchilar kelisha olishmayaptimi, demak, jamoaning rivoji uchun nimadir qilishmoqchi. Ularning ikkisi ham jamoaga yordam berishni istashgan. Bu umumiy natija uchun kerak.

- Kelasi o'yin "Olimpik"ka qarshi. Bu o'yin ikkala jamoa uchun 6 ochkolik o'yin. Bu uchrashuv haqda nima deya olasiz?

- Bu o'yin ahamiyatli. Lekin hozir dam olib, kuch to'plash kerak. "Olimpik" - yaxshi, yosh jamoa. Ko'p yuguradi. Bu o'yinga har doimgidek yaxshi tayyorlanamiz. Lekin endi xarakteristikalarga tayanmaslik vaqti keldi. CHunki aytganingizdek, bu 6 ochkolik o'yin.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика