Ilyos Qurbonov: "Hujumchilarimizga mahorat etishmadi"
04 iyu 2023 00:04
Yangiliklar
Ilyos Qurbonov: "Hujumchilarimizga mahorat etishmadi"
Ilyos Qurbonov: "Qiyin o'yin bo'lishi bilgandik, chunki "Turon"ga ham ochko juda kerak edi. Bizda juda ko'p vaziyatlar bo'ldi, ulardan foydalana olmadik. Hisobni biz ochganimizda g'alabaga erishishimiz mumkin edi".
- G'ofurov va Palich diskvalifikaciya, Obradovich va Stanoevich vataniga qaytib kegani uchun bugungi bahsda ishtirok eta olishmadi. Ularning yo'qligi qanchlik bilindi?
- Ularning o'rnini egallaydigan futbolchilar etarli. Bu yigitlar yo'qligi bilinmadi.
- Yozgi tanaffusda "Metallurg"ni tark etadiganlar va klubga keladiganlar ismini ayta olasizmi?
- Selekcioner va murabbiylar maslahatlashib, tarkibni kuchaytirishimiz kerak. CHunki ikkinchi davrani kuchli jamoalarga qarshi boshlaymiz. Ikkinchi davra uchun ikki uch nafar futbolchi olmoqchimiz. Himoyamiz oqsayapti, har o'yin gol o'tkazib yuboryapmiz.
- Hujumchilarga vaziyatlardan unumli foydalanish uchun nima etishmadi?
- Futbolda bir qoida bor: "Sen urmasang, senga urishadi". Bektemir Abdumannonov va SHahzod Nematjonovda vaziyatlar bo'ldi, ular yosh va yigitlarga mahorat etishmadi deb o'ylayman.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Суперлига. Чемпионлик учун курашаётган "Насаф" ўз майдонида "Машъал"га мағлуб бўлди
ЖЧ U-17. Ўзбекистон Ирландияга имкониятни бой берди
Эшитдик-да! Кападзе Ўзбекистон терма жамоасидан кетди
Ла Лига. "Реал" меҳмонда "Райо Вальекано"ни мағлуб эта олмади
Fikrlar