So’nggi yangiliklar

19:34Руни: "Тен Ҳаг Аморимга алмаштирилганидан бери МЮнинг аҳволи фақат ёмонлашди"  0 19:06"Қайрат" "Реал"га қарши ўйин чипталари қачондан сотувга чиқишини маълум қилди  3 18:40"Футбол олами". "Пахтакор" - "Нефтчи" 2:1, "Насаф" ва "Сўғдиёна"да йирик ғалабалар  0 18:35"Насаф"га қарши ўйин олдидан "Ал Аҳли"да йўқотиш  0 18:16"Насаф" бугун ёлғиз эмас  8 17:52Про лига. "ФарДУ" голларга бой ўйинда "Жайхун"ни таслим қилди  2 17:39Левандовски МЮга трансфери ҳақида: "Фергюсон қўнғироқ қилган, лекин унинг талаффузини тушунмаганман"  2 17:05Унаи Эмери "Манчестер Юнайтед" эътиборида  9 16:37"Манчестер Юнайтед" Каземиро ўрнига "Кристал Пэлас" аъзосини олиб келмоқчи  1 16:16ОЧЛ. "Ал Аҳли" – "Насаф". Ўзаро ўйинлар тарихи  7 15:37"Бунёдкор" "Хоразм" устидан қийин ғалабага эришган баҳсдан ГАЛЕРЕЯ  0 15:15Футзал. Эртага Ўзбекистон Тошкентда тўрт карра Осиё чемпионига қарши ўйнайди  0 15:09Машҳур мураббийнинг уйи қуролли босқинчилар томонидан талон-торож қилинди  0 14:40"Арал" ўз уйида "Олимпик"ни ишончли ҳисобда мағлуб этган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  0 14:20"Ливерпуль" собиқ футболчиси 4 марта пичоқланган. У бу ҳақда биринчи марта гапирди  0

Ilhom Yunusov: “Lokomotiv”ga qarshi 150 foiz kuch bilan o'ynasak yutamiz” Yangiliklar

Ilhom Yunusov: “Lokomotiv”ga qarshi 150 foiz kuch bilan o'ynasak yutamiz”

“Nasaf” tarkibida o'yin taqdirini bir o'zi hal qila oladigan futbolchilar bor.
Ilhom Yunusov aynan ana shunday o'yinchilar toifasiga kiradi. Mehnatkash futbolchi 1-turda “Dinamo”ga qarshi o'yinda odatdagidek faol ishtirok etdi va u tomonidan kiritilgan gol “Nasaf”ga uch ochkoni taqdim etdi. Qolaversa, u mazkur bellashuvda “Nasaf”ning eng yaxshi o'yinchisi bo'ldi.

- “Nasaf” – “Dinamo” bellashuvida mezbonlar safidagi eng yaxshi futbolchi bo'ldingiz...
- Yo'g'e, rostdanmi? Buni endi sizdan eshitib turibman. Ochig'i kutmagandim, xursand bo'ldim.  

- Dastlabki o'yin bo'lganligi uchun ham bir muncha qiyin kechdimi?
- Ha, shunday desa ham bo'ladi. Borgan sari hamma jamoalar kuchayib borishyapti. Hech kim osongina taslim bo'lgisi kelmaydi. Bu orqali futbolimiz saviyasi o'syapti. “Dinamo” ham bizga etarlicha qarshilik qildi. G'alabani osonlik bilan qo'lga kiritganimiz yo'q.

- Uchrashuvda kiritgan yagona golingiz “Nasaf”ga uch ochkoni keltirgani uchun siz o'yin qahramoniga aylandingiz. Mavsum starti siz va jamoangiz uchun yaxshi chiqdi.
- Albatta. Maqsadimiz mavsumni g'alaba bilan boshlab olish edi. Kiritgan golimga kelsak, u menga yoqdi, ajoyib bo'ldi. Ammo takroriy lavhani ko'rganim yo'q. Iloji bo'lsa yana bir bor o'z golimni ko'rmoqchiman.

- O'yindan oldin hal qiluvchi gol muallifi bo'lishingiz va bu jamoaga g'alaba keltirishini kutganmisiz?
- O'yindan avval “Dinamo” darvozasiga gol uraman deb aytgandim. SHu maqsadda maydonga chiqqandim va o'ylagan niyatimga erishganimdan xursand bo'ldim.

- Bunday qatiy ishonch sizda qanday paydo bo'ldi?
- Aniq bilmayman. Lekin gol uraman deb niyat qildim va ko'nglim ham sezgandi.

- Ko'pincha “Dinamo”ga qarshi o'yinlarda gol urasiz. Buning siri nimada? Yoki samarqandliklar bilan uchrashuvga alohida tayyorlanasizmi?
- Yo'q, har bir o'yinga qanday tayyorgarlik ko'rsam, bu uchrashuvga ham shunday hozirlik ko'rganman. “Dinamo”ga o'zimni nimaga qodirligimni isbotlash maqsadim yo'q. Bu – futbol, unda har xil vaziyatlar bo'lishi mumkin. To'g'ri, oldin ham “Dinamo” darvozasiga gollar urganman. Axir o'yinda hamma narsa ro'y berishi mumkinku. Menimcha bu omad bilan bog'liq bo'lsa kerak. Bu safargi bellashuvda ham o'sha omad yana men tomonimda bo'ldi. Eng muhimi, chempionatni g'alaba bilan boshlab oldik.

- “Nasaf” fevral oyida Osiyo chempionlar Ligasi uchun pley offda “Al Jaish”ga yirik hisobda yutqazgandi. O'sha o'yin keyingi tayyorgarlik jarayoniga salbiy tasir ko'rsatdimi?   
- Ha, o'sha o'yindan keyingi mashg'ulotlarimizga tasir ko'rstagandi. Lekin hozirga kelib hammasi ortdi qoldi. Endi bizga hech qanday salbiy tasir qilayotganim yo'q. Biz bor etiborimizni ichki chempionatga qaratganmiz. Bunday mag'lubiyat har qanday jamoaga va har bir futbolchiga tasir qilishi mumkin. Lekin biz bularni engib o'ta oldik. Oldimizda turgan vazifalarni muvaffaqiyatli bajarish uchun qo'limizdan kelganicha harakat qilamiz.

- 2- turda “Nasaf” “Lokomotiv” maydonida to'p suradi. Ushbu uchrashuv mazkur turning markaziy o'yini hisoblanadi. CHempionlik uchun kurashayotgan jamoalar to'qnashuvi har doim qiziqarli bo'lib kelgan.
- Men ikkala jamoaga chiroyli o'yin ko'rsatishini tilab qolaman. Qanday natija bo'lishini faqat uchrashuvdan so'ng bilib olamiz.

- “Nasaf”ning g'alabaga bo'lgan imkoniyatini necha foizga baholay olasiz?

- To'g'risi, men foiz bo'yicha baholay olmayman. Nima bo'lsa ham maydonga chiqib bor kuchimizni ishga solamiz, hammasini o'yin ko'rsatadi. Uchrashuvdan avval kimnidir imkoniyatini yuqori baholab, mana bunday natija bo'ladi deb gapirish odatim yo'q. Maydonda ikkal jamoa ham kurashadi, natijasi esa o'yindan so'ng malum bo'ladi.

- Nima bo'lgan taqdirda ham “Dinamo” bilan o'yindan ko'ra “Lokomotiv”ga qarshi uchrashuv har tomonlama og'ir o'tishiga ishonsangiz kerak-a?

- Bo'lajak o'yinimiz albatta yanada qiyin bo'lishini kutyapman va aslida ham shunday bo'lishi kerak.  

- Ikkala klubning tarkiblarini solishtirganda “Lokomotiv”niki kuchliroqmi? CHunki ko'pchilik shu fikrni bildirmoqda.

- Bizning tarkib ham yomon emas. Men hamma o'yinchilarni hurmat qilaman. Men uchun Nesterov eng yaxshisi, bunisi esa yomon degani tushuna yo'q. Barchasini teng ko'raman.

- Qarshilik muxlislar “Loko” bilan o'yinda ham “Nasaf”dan faqat g'alabani kutishyapti. Aytingchi, safarda jiddiy raqib ustidan muvaffaqiyat qozonish uchun nima qilish kerak?

- “Lokomotiv”ga qarshi o'yin nihoyatda keskin hamda og'ir kechadi. SHuning uchun biz 100 foiz emas, 150 foiz kuch bilan o'ynashimiz shart. Ana shunda g'alabaga umid qilsak bo'ladi. Aytmoqchimanki, o'z imkoniyatimizdan yuqoriroq holatda o'yin ko'rsatishimiz lozim.

- “Nasaf”dagi faoliyatingiz muxlis va mutaxassislar tomonidan ijobiy baholanmoqda. O'zingiz ham bu borada qoniqyapsizmi yoki ko'nglingiz to'lmayotgan jihatlari ham bormi?

- Men uchun hech qanaqa kamchilik yo'q, faqat oldinga qarab intilishda davom etyapman. “Nasaf”ga o'xshagan klublar qancha ko'paysa shuncha yaxshi bo'ladi. Bu erda o'ynab har tomonlama qoniqish hosil qilyapman. SHuning uchun jamoani almashtirmasdan faoliyatimni davom ettiryapman. Menga ham boshqa jamoalardan takliflar bo'lgan. Ammo bu erda juda yaxshi jamoa tuzilgan. Bunday ahil kollektivni tashlab keta olmasdim.  

- Siz uchun Ro'ziqul Berdiev qanday ahamiyatga ega?

- Uni kuchli murabbiylardan biri deb hisoblayman. Hamma Berdievni hurmat qiladi, o'ziga yarasha mavqei baland. Har taraflama maqul keladi. Hamma bilan bir xil munosabatda bo'ladi. Tabiiyki, u bilan o'rtamizdagi aloqa ham mustahqam.

- “Nasaf” jamoasining etakchilaridan biriga aylangansiz. Buni qanchalik his qilasiz?
- Yo'q, men etakchi emasman. Jamoamizda har bir o'yinchining o'z o'rni bor. U yoshmi, qarimi, baribir mavqei bir xil darajada. Hamma qatori men ham jamoamga foyda keltirishga harakat qilaman. Agar foydam tegsa o'zimni bahtiyor his qilaman.

- O'tgan yili 3-o'rin qo'lga kiritilgan. Bu yil undanda yaxshiroq natija ko'rsata olasizlarmi?
- Biz shunga harakat qilamiz. Kuchimiz etarli deb o'ylayman. Faqat mavsumni muvaffaqiyatli o'tkaza olishimiz kerak.

FIRDAVSXON suhbatlashdi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика