So’nggi yangiliklar

22:13"Эвертон" Жек Грилиш бўйича қарор қабул қилди  0 21:26Ла Лига. "Реал Мадрид" қийин ўйинда "Реал Сосьедад"ни мағлуб этди, мадридликлар 32-дақиқада ўн киши бўлиб қолишди  49 21:06Суперлига. Бир киши кам бўлиб қолган "Пахтакор" "Нефтчи"ни мағлуб этди  214 21:03"Бешиктош" — "Истанбул Башакшехир". Таркиблар маълум  16 20:36"Вест Хэм" — "Тоттенхэм". Таркиблар маълум  0 20:13"Ювентус" — "Интер". Таркиблар маълум  6 20:04"Персеполис" — "Фулад". Таркиблар маълум  3 20:00"Қўқон-1912" "Қизилқум"нинг мағлубиятсиз сериясига чек қўйди  11 19:17АПЛ. "Арсенал" ўз уйида "Ноттингем Форест"ни йирик ҳисобда таслим этди, Субимендидан дубль!  21 16:57Пепе Ла Лигада ойнинг энг яхши футболчиси деб топилди. "Вильярреал" форварди Ямал ва Мбаппени ортда қолдирди  0 16:28"Манчестер Сити" "Барселона" ярим ҳимоячисини нишонга олди  2 15:19ЎзЭл Классикосига превью  15 14:54"Истанбул Башакшехир"нинг янги бош мураббийи маълум  6 14:23Бернарду Силвага Португалия топ-клуби қизиқиш билдирмоқда  0 13:48"Реал" АПЛ футболчиси учун 60 млн евро таклиф қилмоқчи  2

Ilhom SHomurodov birinchi davrada boshqa maydonga tushmaydimi? Yangiliklar

Ilhom SHomurodov birinchi davrada boshqa maydonga tushmaydimi?

Oliy liga o'yinlarining besh turi ortda qolganida Qarshining Nasaf jamoasi tarkibda yo'qotishlarga uchramoqda.
Muxlislarning sevimli futbolchisiga aylangan Ilhom SHomurodov yaqinda jarrohlik stoliga yotqizildi. voha.uz saytining aniqlashicha, futbolchi ko'richak (apendiks) sababli operaciya qilingan. Ilxomning tezroq sog'ayib, tarkibga qaytishini istab qolamiz.

SHuningdek Igor Taran ham jarohati sabab maydonga tusha olmayapti. Ajdarlar murabbiylari Kenja To'raev hamda Azamat Allaniyozovlarga keyingi turlarda ishonch bildirishmoqda. Nasaf tarkibida boshqa hujumchi yo'qligini inobatga olsak, Ro'ziqul Berdiev Farrux Sayfievni oldinroqqa o'tkazishini yoki Najmiddin Normurodov, Doniyor Narzullaev kabi yarim himoyachilarni ham sinab ko'rishini taxmin qilishimiz mumkin. Balkim hozirgi kunda o'rinbosarlar tarkibida to'p surayotgan, o'tgan mavsum ikkinchi liga to'purari bo'lgan Islom Rashidxonov asosiy tarkibda debyut qilar!

Ko'pchilik muxlislar SHohrux Gadoevning qachon safga qaytishi borasidagi savollar bilan murojaat qilishmoqda. Nasaf PFK matbuot kotibi Aziz Nuriyning takidlashicha, o'tgan mavsum boshida milliy terma jamoamizning asosiy tarkib futbolchisiga aylangan Gadoev mart oyida qaytadan operaciyadan o'tgan va shu sababli birinchi davrada muxlislarni xushnud qila olmaslik extimoli yuqori. Umid qilamizki, SHoxrux ikkinchi davradan butunlay sog'aygan holda tarkibga qaytadi.

Olim TOLIPOV
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика