So’nggi yangiliklar

15:55"Ньюкасл" Александр Исак ўрнига 4 нафар номзодни маъқуллади  0 15:23"Реал" уч нафар футболчисини сотишга тайёр  3 14:58ПСЖ ва "Тоттенхэм" собиқ футболчиси "Персеполис"га ўтиши мумкин  1 14:16ПСЖ ўзига янги дарвозабон топди  0 13:38Феликс 44 млн фунт эвазига "Челси"дан Саудия Арабистони клубига ўтишга яқин  2 13:04Салиба "Реал"нинг қизиқиши фонида келажаги борасида қарор қабул қилди  3 12:23Брунунинг дубли МЮга АҚШдаги ўртоқлик ўйинида "Вест Хэм" устидан ғалаба келтирди  1 11:50"Атлетико" Бундеслигадан футболчи харид қилишга яқин турибди  2 11:20"Бавария" Диасни "Ливерпул"дан катта маблағ эвазига сотиб олишга яқин турибди  5 11:15"Бухоро"нинг тайёргарлиги, янги футболчилар, ёшлар ёхуд Улуғбек Бакаев иккинчи даврада юқорилашга умид қилмоқда   5 10:42"Челси" футболчиси "Ал Насср"га ўтишга яқин  4 10:05Виктор Гёкереш нима учун "Арсенал"ни танлаганини тушунтириб берди  4 09:37Шоҳруз Норхонов иккинчи даврани қайси жамоада бошлаши маълум  12 09:02"Бунёдкор" Качоррининг ўрнига Черногория U-21 терма жамоаси аъзоси билан шартнома имзолайди  5 08:26Файзуллаевнинг "Истанбул Башакшехир"даги маоши маълум  19

Ilhom SHaripov: "Muxlislarimiz "Dinamo"ning oliy ligaga qaytishini intizorlik bilan kutishgandi" Yangiliklar

Ilhom SHaripov: "Muxlislarimiz "Dinamo"ning oliy ligaga qaytishini intizorlik bilan kutishgandi"

Dinamo - Yozyovon-Lochinlari (4:1) uchrashuvidagi g'alaba evaziga Samarqand klubi muddatdan oldin Oliy Liga yo'llanmasiga ega chiqqach, uchrashuvdan so'ng jamoa bosh murabbiyi Ilhom SHaripovning taassurotlari bilan qiziqdik.


- Ilhom aka, avvalo Oliy Liga yo'llanmasi bilan tabriklaymiz. O'yinda natija yirik bo'lsada, bahs oson kechgani yo'q, shunday emasmi?


- Tabrik uchun rahmat! CHindan ham Samarqand ahli Oliy Ligaga tezroq qaytishimizni intizorlik bilan kutgandi. Mavsum yakunlanishiga uch tur qolganda oldimizga qo'yilgan eng asosiy vazifani bajarganimizdan xursandmiz. Minglab muxlislarimiz, futbolchilarimiz, bizni qo'llab-quvvatlab turgan rahbariyatimiz va klubning har bir xodimini tabriklayman.

O'yin borasida gapiradigan bo'lsam, bugun yirik hisobda g'alabaga erishgan bo'lsakda bu oson kechgani yo'q. Ikkinchi bo'limda vaziyatni o'nglab, haqli g'alabaga erishdik.

- Murabbiylik faoliyatingizni aynan Dinamo bosh murabbiyi sifatida boshladingiz va dastlabki mavsumdayoq jamoani Birinchi Liga g'olibi sifatida Oliy Ligaga olib chiqdingiz. Taassurotlaringiz qanday bo'ldi?

- Murabbiy sifatidagi ilk mavsumdan ko'nglim to'ldi. Har holda Birinchi Ligada bo'lsada, bu o'ziga xos qiziqarli, mashaqqatli bo'ldi va oldimizdagi vazifani bajardik. Men uchun yana bir muhim jihati Dinamo safini 90 foiz samarqandlik yosh futbolchilardan tashkil etganimizdir. CHempionatda jiddiy kurash kechib, beshta klub Oliy Liga yo'llanmasi uchun kurash olib bordi va yakunda marraga birinchi bo'lib etib kelganimiz juda yoqimli.

- Keyingi uchta o'yin jamoa uchun amalda hech narsani hal etmaydi…


- 5 noyabr kungi Cementchiga qarshi o'yin Samarqanddagi so'nggi o'yinimiz bo'lib, bahsdan keyin chempionatning yopilishi marosimi o'tkaziladi. SHunday ekan, muxlislarimiz qarshisida g'alaba qozonishimiz shart. Qolgan ikki o'yinimizda ham asosan yosh futbolchilarga imkoniyat bersakda, ijobiy natija uchun kurashamiz. Keyingi yil uchun ham tayyorgarlikni hozirdan boshlaymiz, jamoa safini kuchaytirish, tarkibda kimlarni olib qolish, kimlar bilan esa xayrlashish haqida o'ylashimiz kerak, futbolda busiz bo'lmaydi. So'zim yakunida shanba kungi Cementchiga qarshi o'yinimizga barcha ishqibozlarimizni taklif etib qolaman.

Dinamo Matbuot xizmati.
Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика