So’nggi yangiliklar

00:33ФИФА 2026 йилдан ўз тақвимида ўзгартиришлар киритади  0 00:15"Милан" учун Аллегри қайси жамоаларни бошқаришни рад қилгани маълум қилинди  0 23:51"Манчестер Сити" Льюис билан шартномани узайтирди  2 23:40Суперлига. "Сўғдиёна" — ОКМК 4:1  0 23:31Антонио Рюдигер 3 ойга сафдан чиқди  4 23:08Футзал. Ўзбекистон термаси Японияга қарши ўйнайди  0 22:51"Бешиктош" Жотани таркибига қўшиб олди  0 22:32Миржалол Қосимов: "Пароканда ўйин намойиш қилдик"  3 22:16Иван Бошкович: "Биринчи бўлимда футболдаги барча жабҳа бўйича рақибдан устун келдик"  9 21:46Люпчо Дориев: "Керакли вақтда голлар урдик"  8 21:27Суперлига. "Навбаҳор" – "Сурхон" ўйинида ҳисоб очилмади  34 21:13Тарихда шу кун. Қосимов "Ливерпуль"ни доғда қолдирганига 30 йил бўлди  5 20:57Мартинелли "Арсенал"даги рақобат ҳақида гапирди  0 20:26Суперлига. "Сўғдиёна" ОКМКга 4 та гол урган оқшомда Бошкович илк бор Қосимовни мағлуб этди  47 19:50Моуриньюга АПЛдан янги вариант пайдо бўлди  3

Ilhom Mo'minjonovning diskvalifikaciya muddati qisqartirildi Yangiliklar

Ilhom Mo'minjonovning diskvalifikaciya muddati qisqartirildi

2019 yilning 1 aprelida O'FA Etika qo'mitasi tomonidan "Navbahor" futbol klubining sobiq bosh murabbiyi Ilhom Mo'minjonov 4 yil muddatga futboldagi har qanday faoliyatdan chetlashtirilgan edi.

2020 yilning 3 yanvarida "Surxon" futbol klubi Etika qo'mitasiga Ilhom Mo'minjonov ishini qayta ko'rib chiqishni so'rab murojaat qildi. Mazkur murojaatda "Surxon" futbol klubi kafil sifatida Ilhom Mo'minjonovning diskvalifikaciyasi bo'yicha qarorni qayta ko'rib chiqib, uning murabbiylik faoliyati tiklanishi so'ralgan.

8 oy oldin 5 yilga futboldan chetlatilgan Ilhom Mo'minjonov keyingi yil murabbiylikka qaytishi mumkin

Mazkur murojaat O'FA Etika qo'mitasi tomonidan atroflicha o'rganib chiqildi. Qolaversa, Ilhom Mo'minjonov chin ko'ngildan pushaymon ekanligi, shuningdek uni diskvalifikaciya qilishda asosan bir tomonlama dalillarga asoslanganini bildirdi. Bundan tashqari, Ilhom Mo'minjonov Etika qo'mitasiga vaziyatni yanada yaxshiroq o'rganish uchun qo'shimcha malumotlar va o'zi faoliyat yuritgan futbol klublari xodimlarining u haqidagi tavsifnomalarini taqdim etdi.

Etika qo'mitasi tomonidan "Surxon" futbol klubini Mo'minjonovning bundan keyingi faoliyatiga kafolat berayotganligi, "Navbahor" klubining xodimlari va futbolchilari tomonidan unga nisbatan ijobiy tavsif berilganligi, o'tgan bir yil davomida murabbiyning mazkur holat yuzasidan zarur xulosalar chiqarganligi va pushaymon bo'lganligi inobatga olinib, Ilhom Mo'minjonovga nisbatan qo'llanilgan 4 (to'rt) yil muddatga futboldagi har qanday faoliyatdan chetlashtirish intizomiy jazo chorasi qisqartirildi. Endilikda O'FA Etika qo'mitasi qaroriga ko'ra Ilhom Mo'minjonov diskvalifikaciyasi 2020 yilning 31 dekabriga qadar amal qiladi.

SHu bilan bir qatorda, mazkur murabbiy tomonidan kelgusida bu kabi salbiy holatlarga yo'l qo'yilgan taqdirda qatiy chora ko'rilishi belgilab qo'yildi.


Video Ilhom Mo'minjonov unga bo'lgan tuhmat, Omon G'ofurovning bo'xtonlari, O'FA bilan sudlashishi, "Navbahor"dan ketgani va Turg'unboev "Paxtakor"da o'ynamoqchi bo'lgani haqida sensacion intervyu berdi

Reyting: -69   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика