So’nggi yangiliklar

02:02АПЛ. "Брайтон" ўз уйида Премьер-лига чемпионини мағлубиятга учратди  1 00:58Виталий Левченко: "Юлдузли жамоалар ҳар доим ҳам натижага эришавермайди. Шунчалик саволларингиз кўп-ми?"  1 00:44ЦСКА мағлубиятдан қутилиб қолди, Файзуллаев захирадан майдонга тушди  2 00:30Суперлига. Тўхтахўжаев ОКМКни мағлубиятдан қутқариб қолди, Аброр Исмоилов эса икки дақиқа ичида иккита гол урди  0 00:27Миржалол Қосимов: "Биз биринчи ўринга чиқиб олдик. У захирада уйқусираб ўтирган эди"  3 00:05Аморим қишда МЮни тарк этиши мумкин эди, аммо...  0 23:10"Ман Сити" Виртцнинг трансфер нархи юқорилиги сабабли ундан воз кечди. Келишув клубга умумий ҳисобда 300 миллион еврога тушиши мумкин эди (BBC)  4 22:28Украина, Англия, Польша, Дания, Балтика мамлакатлари ва Япония Россиянинг қайтишига қатъиян қарши. Жанубий Америка мамлакатлари эса аксинча  18 21:57Суперлига. Олмалиқда дарвозаларга 4 та гол урилган ўйинда ғолиб аниқланмади  103 21:17Гвардиола Чемпионлар Лигаси учун кураш ҳақида: "Бизга яна 4 очко керак"  12 20:50"Аякс" Эрик тен Ҳагни қайтаришни режалаштирмоқда  1 19:39Роналдо: "Анчелотти – ажойиб мураббий. У барчасини изига солади"  9 19:14"Олтин тўп-2025" тақдирлаш маросимининг санаси ва жойи эълон қилинди  58 18:21Лапорта "Барселона" қачон асосий стадионига қайтишини тушунтирди  4 17:53"Манчестер Юнайтед" Родриго учун таклиф тайёрламоқда  9

Ilhom Mo'minjonov: "Rahbariyat oldimizga kuchli uchlikdan o'rin olish vazifasini qo'ygan" Yangiliklar

Ilhom Mo'minjonov: "Rahbariyat oldimizga kuchli uchlikdan o'rin olish vazifasini qo'ygan"

O'zbekiston Superligasining 1-turidan o'rin olgan "Neftchi" - "Qo'qon-1912" (1:0) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Ilhom Mo'minjonov fikrlarini bildirdi.

"Neftchi"ning ashaddiy muxlislarini g'alaba bilan tabriklayman. Rahbariyat oldimizga kuchli uchlikdan o'rin olish vazifasini qo'ygan. SHuning uchun yig'in davomida mavsumga jiddiy tayyorgalik ko'rdik va falsafamizga mos keladigan futbolchilarni olib keldik. Murabbiylar shtabi bilan bu vazifani uddalashimiz shart", – deb gap boshladi Mo'minjonov. 

- Bugungi bahs haqida fikrlaringiz...

- CHiroyli o'yin bo'ldi. Birinchi o'yin bo'lgani bois ikki jamoa ham ehtiyotkor tarzda o'ynadi. Bu dastlabki 15-20 daqiqada yaqqol sezilib turdi. Ikkita 100 foizlik imkoniyatga ega bo'ldik. Zaxiradan tushgan futbolchimiz ham vaziyatdan unumli foydalana olmadi. Jarohatlanganlar juda ko'p – Doniyor Narzullaev, Husniddin G'ofurov, Lutfulla To'raev, SHahzod Ubaydullaev. 4 ta asosiy futbolchimiz jarohatda bo'lib turibdi. Menimcha, ulardan ikkisi 4-5 tur maydonga tushmaydi. Biroq ikkita bir xil tarkibga egamiz. Zaxiradan tushgan futbolchilarimiz o'yin tempnini ushlab turishdi va golli vaziyatlar yaratib, penalbti ishladik hamda "Qo'qon-1912"ni mag'lub etdik.

- Lutfulla To'raevning birinchi taymdayoq jarohat olishi sizni qiyin holatga solib qo'ydi. Bu holatdan qanday chiqib ketdingiz?

- To'raev jarohat bilan bo'lsa-da, o'ynab berdi. Rahbariyat kuchli uchlikka kirish vazifasini qo'ygan ekan, bu to'siq bo'lmasligi lozim. Bu har bir murabbiyning orzusi sanaladi. Bosimdan esa qo'rqmayman. 

- Selekcioner murabbiylar bir narsaga etibor berishmayapti. Masalan, qo'qonlik Jasur Yoqubov "Paxtakor"ga o'tdi, Akrom Komilov AGMKda o'ynamoqda yoki Rustam Ashurmatovni "Navbahor" oldi. Siz shunga qanday qaraysiz? 

- Yoqubov transferi ustida jiddiy shug'ullangan edik. CHempionat tugashi bilan "Lokomotiv" uni qo'lga kiritib bo'lgan ekan, keyin ketganida bizda himoyachilar bor edi. Keyin u "Loko"dan ketib, "Paxtakor"ga o'tdi. Ashurmatov bilan ham muzokaralar bo'lgandi, ammo u "Navbahor"ni tanladi. Mahalliy futbolchilardan safimizda Anvar G'ofurov to'p tepmoqda.

- Jamoaning oldiga katta vazifa qo'yilganini aytdingiz. Bu uchun yaxshi saviyadagi hujumchilar kerak. Jamoada to'purar futbolchilar bormi? 

- 3 ta hujumchimiz bor. Bular – Marko SHarich, SHahzod Ubaydullaev va Ulug'bek Hoshimov. Ularga ishonch bildirdik. Yaxshi formada bo'lishsa, gollar urib, jamoaga katta foyda keltirishadi. 

- 4 ta etakchida jarohat mavjud dedingiz. Ular "Paxtakor" bilan bahsgacha safga qaytishadimi?

- SHahzod Ubaydullaev ozroq o'ynay olsa kerak. Menimcha, shifokorlarimizni aytishlari bo'yicha Lutfulla To'raev, Husniddin G'ofurov va Doniyor Narzullaev maydonga tusha olishmasa kerak. 

- Belgilangan penalti haqida fikr bildirib o'tsangiz...

- Bugun saviyasi baland hakamlar ishladi. VARda ko'rib chiqib, shunday xulosaga kelishdi. Vaziyatni ko'rmasdan turib, bir nima deya olmayman. Allohga shukrki, bugun g'alaba qozondik. Keyingi o'yinlarda "Qo'qon-1912"ga omad!

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика