So’nggi yangiliklar

07:45ОКМК "Андижон"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  2 00:49Шахзод Азмиддинов "Пахтакор" билан хайрлашди  9 00:15Ўзбекистон U-17 терма жамоаси "Чертаново" билан дуранг ўйнади  7 23:57"Реал" Конатени нишонга олди  2 23:28"Пахтакор" бугун Камолиддин Тожиевни бош мураббий этиб тайинлади, аммо унда Про лицензияси йўқ  6 23:14Расман: "Арсенал" Гёкерешни 63,5+10 млн еврога сотиб олди  7 22:58Гёкереш тиббий кўрикдан ўтди ва "Арсенал" билан шартнома имзолади (Фабрицио Романо)  2 22:35Назорат ўйини. "Нефтчи" ФарДУни аяб ўтирмади, Нимели ва Марушичдан дубль  7 22:17Александар Митрович - "Манчестер Юнайтед"нинг янги мақсади  2 21:45Назорат учрашуви. "Пахтакор" ва "Бунёдкор" жамоалари ўртасидаги ўйинда ғолиб номи аниқланмади  8 21:22"Тоттенхэм" Родриго учун курашга киришди  2 20:47"Манчестер Сити" Эдерсонни сотишга тайёр  2 20:20Ўртоқлик ўйини. "Сурхон" "Бухоро"дан устун келди  7 19:58"Ливерпуль" Англия терма жамоаси вингерини нишонга олди  3 19:00Ўртоқлик ўйини. "Милан" Гонконгда "Ливерпул"ни мағлуб этди  4

Ilhom Mo'minjonov “Navbahor” bosh murabbiyi Yangiliklar

Ilhom Mo'minjonov “Navbahor” bosh murabbiyi

Bundan biroz vaqt oldin “Markaziy” o'yingohning majlislar zalida “Navbahor” futbol klubi rahbariyati, murabbiylar shtabi va jamoa azolari ishtirokida yig'ilish bo'lib o'tdi.

Mazkur yig'ilishda “Navbahor” jamoasining joriy yilgi mavsumdagi omadsiz qatnashuvi ko'rib chiqildi. Jamoaning chempionatdagi ishtiroki qoniqarsiz bo'lganligi sabab murabbiylar shtabida faoliyat yuritgan bosh menedjer Ravshan Bozorov, bosh murabbiy Rustam Do'rmonov, murabbiylar Fayzullo Ahmedov va Arslon Tolipovlar istefoga chiqarildi. Yig'ilishda jamoa azolariga yangi bosh murabbiy sifatida Ilhom Mo'minjonov tanishtirildi. Mo'minjonovga murabbiylar shtabida o'zi bilan “Paxtakor”da ishlagan Vladimir Andreev va jamoamiz yoshlari bilan ishlab kelayotgan Durbek Umaralievlar yordam berishadi.

Futbolchilik faoliyatida davomida Ilhom Ibragimovich “Navbahor” sharafini himoya qilganligidan ko'pchilik muxlislarimizning xabarlari bor. Hujumchi sifatida to'p surgan Mo'minjonov 2003 yilgi mavsumni aynan “Navbahor”da o'tkazgan. Bundan tashqari u “Traktor”, “Lokomotiv”, “Bunyodkor” kabi jamoalarida ham to'p surgan. Jarohat tufayli faoliyatini barvaqt yakunlashga majbur bo'lgan Mo'minjonov keyinchalik murabbiylik sohasida ish boshlagandi. Murabbiylik faoliyati davomida “Bunyodkor” va “Paxtakor” futbol klublari akademiyasida ish yuritgan keyinchalik “NBU-Osiyo” va “Paxtakor” yoshlar jamoalarida ishlagan. 2014 yildan shu kungacha “Paxtakor” jamoasi murabbiylar shtabida faoliyat yuritib kelayotgandi.

Reyting: -9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика