So’nggi yangiliklar

01:47"Челси" Гарначо учун 30 миллиондан кўп тўламоқчи эмас  0 01:11Эрик тен Хаг: "Фақатгина Гарри Поттер катта тезликда яхши жамоа ташкил қилиши мумкин"  1 00:11Санчога харидор топилди  0 23:52"Реал"нинг янги футболчиси: "Мен учун энг зўр футболчи - Месси"  5 23:22Конференциялар лигаси саралаши. "Сабаҳ" вазифани уддалай олмади  2 22:59Ринат Дасаев: "Ўзбекистонга Жаҳон чемпионатида омад тилайман"   1 22:38Тимур Кападзе: "Майдонга Дасаевга гол ураман деб тушган эдим"   1 22:14Доннарумма "Сити"да қанча маош олади?  6 21:53Расман: Мастантуоно - "Реал" футболчиси!  4 21:29Конференциялар лигаси саралаши. "Астана" сўнгги босқич олдидан мағлуб бўлди  6 21:04"Манчестер Юнайтед" футболчиси фаолиятини "Вест Бромвич"да давом эттириши мумкин  0 20:39Ўзбекистон терма жамоаси афсоналари Россия фахрийлари билан дуранг ўйнади  17 20:25"Манчестер Сити" ва Абдуқодир Ҳусанов 2025/26 йилги мавсум учун учинчи либосини тақдим этди   5 19:56"Барселона" Майамида ташкил этиладиган "Вильярреал"га қарши ўйин ортидан 5 млн евро ишлаб олади  0 19:25"Манчестер Юнайтед"нинг Лига кубоги 2-босқичидаги рақиби аниқланди  2

Ilhom Mo'minjonov: “Maqsadimiz har bir o'yinda ijobiy natija qayd etish” Yangiliklar

Ilhom Mo'minjonov: “Maqsadimiz har bir o'yinda ijobiy natija qayd etish”

Matbuot anjumanining ikkinchi qismida “Navbahor” bosh murabbiyi Ilhom Mo'minjonov jurnalistlarning savollariga javob berdi:

- Bugungi o'yin bizni juda hursand qildi. CHunki birinchi davraning dastlabki qismini ishonchli o'tkazib, yuqori o'rinlar uchun kurashgandik. Lekin, xatolarimiz oqibatida pastki pog'onalarga tushib qolgandik. Davra so'nggidagi xato va kamchiliklarni takrorlamaslik maqsadida mashg'ulotlarda tinimsiz ravishda ishlamoqdamiz.

Ijobiy natijalar orqali muxlislarimizni xursand qilish niyatidamiz. Ikkinchi davraning “Obod”ga qarshi o'yinimiz ham qiyin bo'lgandi. “Qo'qon-1912” jamoasi ham bugun “Obod”ni qiyinchilik bilan mag'lub etdi. Bugungi natijalarga etibor qaratsak kichik hisoblar kuzatilganiga guvoh bo'lamiz. Birgina “Paxtakor” yirik hisobda “Neftchi”dan ustun keldi. Bu chempionatimizni murosasiz ruhda o'tayotganligidan darak bermoqda. Yani ochkolarni to'plash oson bo'lmayapti va raqobat ham ancha kuchli. Maqsadimiz har bir o'yinda ijobiy natija uchun intilib, yuqori o'rinlarga ko'tarilishdan iborat. Bugungi o'yin uchun futbolchilarimizga rahmat aytaman. Ular o'z imkoniyatlari darajasida to'p surishdi. Ushbu g'alabamizni o'yingohda jamoamizni qo'llab-quvvatlagan muxlislarimizga bag'ishlaymiz.

Ishqibozlarimizni har doim jamoani shu tarzda qo'llab-quvvatlashlarini istayman. Mazmunli o'yinlarimiz orqali muxlislarni o'yingohga qaytarishga harakat qilamiz. G'alaba qozonganimizda, durang yoki mag'lubiyat qayd etilganda ham birga bo'lib bizga dalda bo'lishsa yanada chiroyli o'yinlar namoyish etib, yuqori cho'qqilar sari intilishda davom etamiz. Ishqibozlarimizga qo'llayotganliklari uchun minnatdorchilik bildiraman.


Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика