So’nggi yangiliklar

14:58ПСЖ ва "Тоттенхэм" собиқ футболчиси "Персеполис"га ўтиши мумкин  0 14:16ПСЖ ўзига янги дарвозабон топди  0 13:38Феликс 44 млн фунт эвазига "Челси"дан Саудия Арабистони клубига ўтишга яқин  2 13:04Салиба "Реал"нинг қизиқиши фонида келажаги борасида қарор қабул қилди  3 12:23Брунунинг дубли МЮга АҚШдаги ўртоқлик ўйинида "Вест Хэм" устидан ғалаба келтирди  1 11:50"Атлетико" Бундеслигадан футболчи харид қилишга яқин турибди  2 11:20"Бавария" Диасни "Ливерпул"дан катта маблағ эвазига сотиб олишга яқин турибди  3 11:15"Бухоро"нинг тайёргарлиги, янги футболчилар, ёшлар ёхуд Улуғбек Бакаев иккинчи даврада юқорилашга умид қилмоқда   4 10:42"Челси" футболчиси "Ал Насср"га ўтишга яқин  4 10:05Виктор Гёкереш нима учун "Арсенал"ни танлаганини тушунтириб берди  4 09:37Шоҳруз Норхонов иккинчи даврани қайси жамоада бошлаши маълум  9 09:02"Бунёдкор" Качоррининг ўрнига Черногория U-21 терма жамоаси аъзоси билан шартнома имзолайди  5 08:26Файзуллаевнинг "Истанбул Башакшехир"даги маоши маълум  15 07:45ОКМК "Андижон"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  18 00:49Шахзод Азмиддинов "Пахтакор" билан хайрлашди  13

Ilhom Mo'minjonov: "Bunday sharoitda har bir ochko oltinga teng bo'ladi" Yangiliklar

Ilhom Mo'minjonov: "Bunday sharoitda har bir ochko oltinga teng bo'ladi"

"Metallurg" va "Navbahor" jamoalari o'rtasidagi uchrashuv yakuniga etgach har ikki jamoa vakillari ishtirokida matbuot anjumani bo'lib o'tdi.

Matbuot anjumanida jamoamiz bosh murabbiyi Ilhom Mo'minjonov va o'yinning eng yaxshi futbolchisi Azizbek Turg'unboevlar ishtirok etishdi.

Ilhom Mo'minjonov: - Bugungi uchrashuv durangga mos bo'ldi. O'zinglar guvohi bo'lganlaringizdek maydonda jangovar o'yin kechdi. Bahs davomida futbolchilarimiz ham, raqib jamoa azolari ham darvozalar oldida o'ta xavfli vaziyatlarni yarata olishmadi. Kurash asosan markazda kechdi. SHu sababli qayd etilgan durang natijani adolatli bo'ldi deb o'ylayman. Futbolda har qanday holat ro'y berishi mumkin. Standart vaziyatlarda imkoniyatlardan foydalana olmadik. CHempionatning dastlabki uchrashuvi bo'lganligi uchun shogirdlarim xohlaganimdek o'yin ko'rsata olishmadi. SHunga qaramay, yigitlarga iroda namoyish qilib, maydonda borlarini berishgani uchun rahmat aytaman. Sababi oldimizga yuqori marralarni zabt etish qo'yilgan. Bunday sharoitda har bir ochko oltinga teng bo'ladi. Keyingi uchrashuvlarda yo'l qo'yilgan xatolar ustida ishlab yaxshiroq natija qayd etishga harakat qilamiz. Muxlislarimizga teng keladigan ishqibozlarni topish mushkul. Bugun ham jamoani qo'llash uchun yo'l bosib kelganliklari uchun minnatdorchilik bildirib o'taman. Kelgusi turlarda  chiroyli o'yinlar namoyish etib muxlislarimiz ishonchini oqlashga harakat qilamiz.

Azizbek Turg'unboev: - O'yin shiddatli ruhda kechdi. Bugun Bekobod shahriga g'alaba qozonish uchun kelgandik. Bu yilgi chempionatda oldimizga yuqori marralarni zabt etish vazifasi qo'yilgan. SHu sababli har bir o'yinda ochkolarni qo'lga kiritish muhim hisoblanadi. "Metallurg" jamoasiga qarshi uchrashuvda qo'ldan kelganicha harakat qildik va yakunda safarda bir ochkoni qo'lga kiritdik.

 

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика