Ilhom Hamroev: "Franciya ustidan g'alaba qozonishga harakat qilamiz"
30 jan 2022 23:45
Yangiliklar
Ilhom Hamroev: "Franciya ustidan g'alaba qozonishga harakat qilamiz"
Xorvatiyada o'quv-yig'in mashg'ulotlarini olib borayotgan O'zbekiston futzal terma jamoasi bugun CHernogoriyaga qarshi o'rtoqlik uchrashuv o'tkazdi hamda 8:1 hisobida g'alaba qozondi. O'yindan keyin xet-trikka erishgan Ilhom Hamroev fikrlariga quloq tutdik.
"O'yinni yaxshi o'tkazdik va mavjud imkoniyatlardan foydalandik. Biz haqli g'alabaga erishdik. CHernogoriyada individual tomondan kuchli futzalchilar bor, lekin jamoa taktik tomonlama u qadar kuchli emas.
Ushbu o'yinda gol urib, jamoamizga foyda keltirganimdan xursandman. Asosiysi — g'alaba qozonganimiz. Kim gol urishidan qatiy nazar, g'alaba qozonish uchun maydonga tushamiz.
Franciyaga qarshi dastlabki o'yinda yomon o'yin namoyish etmadik. Oddiy xatolarimiz tufayli imkoniyatni boy berdik. Yaratilgan vaziyatlardan foydalana olmadik. Navbatdagi o'yinda Franciya ustidan g'alaba qozonmoqchimiz", - deya fikrlarini yakunladi Hamroev.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Панама дарвозасига 6 та тўп йўллади
Эшитдик-да! Кападзе Ўзбекистон терма жамоасидан кетди
Ла Лига. "Реал" меҳмонда "Райо Вальекано"ни мағлуб эта олмади
АПЛ. "Манчестер Сити" "Ливерпул"ни йирик ҳисобда таслим этди, Ҳусанов эса...
Fikrlar