So’nggi yangiliklar

15:24"Атлетико" "Челси"нинг португалиялик футболчисини ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 14:57"Бавария" Диаснинг трансфери амалга ошмаган тақдирда, бошқа ўйинчиини кўзлаб қўйди  0 14:28"Реал" Рейньер билан шартномани бекор қилиши мумкин  0 14:01Бернардески АҚШдан Италияга қайтди  0 13:33Ўзбекистон U-18 Тошкентда йиғин ўтказади. Таркиб маълум  1 13:03"Ливерпуль" 90 млн евро эвазига ҳужумчи харид қилиши мумкин  5 12:38Де Бруйне "Наполи"да нечинчи рақамни олди?  0 12:14"Манчестер Юнайтед" Бундеслигадаги ҳужумчини ўз сафига қўшиб олмоқчи  2 11:32"Интер"нинг асосий трансфер мақсади маълум қилинди  0 11:07Тома Табатадзе "Бухоро"га ўтиши мумкин  3 10:07Месси пеналтисиз голлар бўйича Роналдуни ортда қолдирди  31 09:52"Ньюкасл" Исакни сотиш ниятида эмас — клуб унинг нархини 173 миллион еврога кўтарди  3 09:24"Барселона" "Реал" юлдузини кўзламоқда — футболчи билан алоқа ўрнатилди  29 08:48"Нефтчи" таркибига нигериялик футболчи қўшилди  6 08:26Эрон клуби Одил Ҳамробеков трансфери учун "Бунёдкор"га қанча тўлади?  1

Ikrom Aliboev: "Yangi mavsumga tayyorgarlik jarayoni alo darajada ketmoqda" Yangiliklar

Ikrom Aliboev: "Yangi mavsumga tayyorgarlik jarayoni alo darajada ketmoqda"

Toshkentning “Lokomotiv” klubi Osiyo CHempionlar Ligasi-2018 guruh bosqichi doirasidagi ilk o'yinini 12 fevral kuni BAAning “Al Vahda” jamoasiga qarshi o'tkazadi.

Ayni paytda “temiryo'lchilar” jamoasi yangi mavsumning muhim bellashuvlariga tayyorgarlikka zo'r bergan. O'zbekiston chempioni va mamlakat kubogi sohibi hozirda Turkiyaning Belek shahrida mavsumoldi xorij yig'inini o'tkazmoqda. “Loko”ning mahoratli yarim himoyachilaridan biri Ikrom Aliboev jamoaning tayyorgarlik jarayoni qanday ketayotgani xususida klub rasmiy saytiga gapirib berdi:

– Jamoamiz yangi mavsumga tayyorgarlikni ko'ngildagidek olib bormoqda. Rahbariyat tomonidan bizga alo darajada sharoitlar yaratib berilgan. Ayni damda Belekda yig'in o'tkazyapmiz. Bu er mashg'ulot o'tkazish uchun juda ham qulay. Dubayda o'tgan ilk xorij yig'inimizda asosan jismoniy tayyorgarlikka etibor qaratilgan edi. Belekda esa ko'proq to'plar bilan ishlayapmiz. SHuningdek, yangi taktik usullar borasida ham ish olib borilmoqda.


Yaxshi forma tiklab olishimiz uchun o'tkazilayotgan nazorat o'yinlarining ham ahamiyati yuqori. Tanlangan sparring raqiblar saviyasi esa ancha yaxshi ekanini ayta olaman. Misol uchun, SHotlandiyaning etakchi jamoalaridan biri – “Aberdin”, shuningdek rus klublari – “Krasnodar”, “Rubin” bilan o'ynadik. Kecha esa Bolgariya jamoasi bilan bahs yuritdik. Bilasizmi, kuchli jamoalarga qarshi o'ynash har qanday futbolchi uchun foydali. Biz ham mana shunday yaxshi saviyali jamoalar bilan o'ynab, Osiyo CHempionlar Ligasiga munosib hozirlik ko'ryapmiz. Zero CHempionlar Ligasida kuchsiz jamoalar bo'lmaydi. SHunga monand biz ham imkon qadar tezroq yaxshi sport formasiga kirib olishimiz talab etiladi.

Oldimizga har galgidek juda yuqori maqsadlar qo'yilmoqda. Yangi mavsumda eng kamida o'tgan yilgi natijalarni takrorlashni rejalashtiryapmiz. SHuningdek, bu yil CHempionlar Ligasida ham ulkan g'alabalar qo'lga kiritib, muxlislarimizni xursand qilishga harakat qilamiz, – deydi Ikrom Aliboev.

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика