Ikrom Aliboev: "Mavsum boshida qiyin bo'ldi, oxirida yaxshi mehnat qildik"
22 noy 23:15
Yangiliklar
Ikrom Aliboev: "Mavsum boshida qiyin bo'ldi, oxirida yaxshi mehnat qildik"
Futbolchi joriy mavsumda farg'onaliklarning muhim figurasiga aylandi.
"Mavsum boshida biz uchun qiyin bo'ldi. Oxirida yaxshi mehnat qildik va mehnatimizga yarasha chempionlik nasib qildi, yuzimiz yorug' bo'ldi.
Chempionlik qiyin bo'lgani uchun hissiyotlarga berildim. Ko'zyoshga yana bir sabab Quvondiq Ro'ziev bilan yoshligimizdan birga katta bo'lganmiz. Oldin ham birga chempionlikni qo'lga kiritganmiz, lekin doimiiy o'ynab emas. Bu safargisi boshqacha bo'ldi. Shu bois ikkimizdan quvonch ko'zyoshlari to'kildi.
Albatta, muxlislarning hissasi katta. Nafaqat uy, safarda ham qo'llab-quvvatlashdi. Ularga katta rahmat aytamiz. "Neftchi"ni shu holatiga olib kelishdagi hammaga, viloyat hokimimiz, oshpazlar, umuman, barchaning hissasi bor", – dedi Aliboev.

Eslatib o'tamiz, bugun "Neftchi" Farg'onada "Qizilqum" bilan to'qnash kelib, 4:1 hisobida g'alaba qozondi va ko'p yillar davomida kutilgan chempionlikni tantana qildi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Суперлига. "Пахтакор" "Насаф"ни мағлуб этиб, турнир жадвалида ортда қолдирди
Суперлига. Бугун 3 та учрашув бор
ФИФА Роналду мухлисларининг танқидлари ортидан Жаҳон чемпионати постерини ўчириб ташлади
Рўзиқул Бердиев "Пахтакор" майдонидаги мағлубиятдан кейин нималар деди?
Fikrlar