Quvondiq Ro'ziev: "Ikrom bilan yaqin do'stmiz. Hissiyotlarimizni ushlab tura olmadik"
22 noy 22:07
Yangiliklar
Quvondiq Ro'ziev: "Ikrom bilan yaqin do'stmiz. Hissiyotlarimizni ushlab tura olmadik"
"Neftchi" azosi Quvondiq Ro'ziev chempionlik qo'lga kiritilganidan so'ng saytimizga kichik intervyu berdi.
"Juda ham qiyin mavsum bo'ldi. Kuchli jamoalar bizni taqib qilib keldi. Birdamlik bilan bunday natijaga erishdik. Chempionlikda muxlislarning va rahbariyatning hissasi katta.
Ikrom bilan yaqin do'stmiz va bir-birimizni so'zsiz tushunamiz. Maydonda ham shunday. Hissiyotlarimizni ushlab tura olmadik. Qanday qiyin mavsum bo'lganini va ichimizdan nimalar o'tganini o'zimiz bilamiz.
Muxlislarimiz top-darajada. Ikkinchi davrada "Nasaf"ni taqib qilishimizda muxlislarimizning hissasi katta bo'ldi. Ular bizga katta dalda berdi", – dedi Quvondiq Ro'ziev chempionlik qo'lga kiritilganidan so'ng.

Eslatib o'tamiz, "Neftchi" bugun "Qizilqum"ni 4:1 hisobida dog'da qoldirib, uzoq kutilgan chempionlikka etishdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Суперлига. "Пахтакор" "Насаф"ни мағлуб этиб, турнир жадвалида ортда қолдирди
Суперлига. Бугун 3 та учрашув бор
ФИФА Роналду мухлисларининг танқидлари ортидан Жаҳон чемпионати постерини ўчириб ташлади
Рўзиқул Бердиев "Пахтакор" майдонидаги мағлубиятдан кейин нималар деди?
Fikrlar