Farruh Sayfiev: "Keyingi mavsumni "Nasaf"da boshlayman? Hali chempionat tugamadi va bunday gaplar yo'q"
22 noy 2025 22:52
Yangiliklar
Farruh Sayfiev: "Keyingi mavsumni "Nasaf"da boshlayman? Hali chempionat tugamadi va bunday gaplar yo'q"
"Neftchi" jamoasi uzoq kutilgan chempionlikni tantana qildi.
Taqdirlash marosimidan so'ng farg'onaliklarning himoyachisi Farruh Sayfiev fikrlari bilan bo'lishdi.
"Farg'ona ahlini chempionlik bilan tabriklaymiz, bu uzoq kutilgan chempionlik bo'ldi. Oxirgi chempionlikka 24 yil bo'lgan ekan. Bunday xursandchilik bilan barchani muborakbod etamiz. Men uchun bu oltinchi chempionlik. Vodiyda, boz ustiga, bunday muhitda chempionlikni qo'lga kiritish boshqacha baribir.
Keyingi yil "Nasaf"da o'ynayman? Hali mavsum tugagani yo'q. Bunday gaplar yo'q", – dedi Farruh Sayfiev.

Eslatib o'tamiz, bugun "Neftchi" Farg'onada "Qizilqum" bilan bahs yuritib, 4:1 hisobida zafar quchdi va 24 yilda ilk bor chempion bo'ldi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Ньюкасл" "Камп Ноу"да зор йиғлаган кеча ёхуд "Барселона" чорак финалда!
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" бу мавсум ҳам "Манчестер Сити"ни мағлуб этиб, чорак финалга йўл олди
"Пахтакор" Суперкубок ҳакамлиги бўйича ОФКга мурожаат қилмоқчи
"Пахтакор" Суперкубокдаги ҳакамлик устидан шикоят киритди
Fikrlar