So’nggi yangiliklar

22:23Ўртоқлик учрашуви. Россия меҳмонда Қатардан устун келди  1 22:00Ҳаким Зиеш "Севилья"га ўтиши мумкин  0 21:30Ромелу Лукаку декабргача майдонга қайтмайди  0 21:00Файзуллаевнинг кайфияти чоғ, Ғаниевдан ўткир нигоҳлар. Ўзбекистон терма жамоасининг Эрон билан ўйиндан олдинги расмий машғулотидан галерея  8 20:40"Пахтакор" ўз уйига қайтган норасмий ўйинда "Олимпик"дан устун келди  4 20:09Азизбек Турғунбоев: "Эрондан алам оладиган вақт келди"  5 19:56Абдувоҳид Неъматов, Шерзод Насруллаев ва Умар Эшмуродов терма жамоа лагерини тарк этди  14 19:30Эрон билан рақобатнинг бошланиши. Али Дайига аталган ва Ўзбекистон форсларга йирик ҳисобда енгилган ўйинни ёдга оламиз  13 18:59Тимур Кападзе: "Сергеевдек ҳужумчимиз борлигидан хурсандман"   9 18:25Кевин де Брюйне Конте ва Гвардиолани таққослади  0 17:55"Байер" бош мураббийлиги учун янги номзод пайдо бўлди  3 17:25Усмон Дембеле нима учун "Барселона"да кўп жароҳат олган?  5 16:55Мбаппе Чемпионлар лигасининг фаворити ҳақида гапирди  2 16:25Швайнштайгер Германия терма жамоасини танқид қилди  3 16:13Муҳаммадрасул Абдумажидов легионерга айланмоқда  13

Ikkinchi liga. “Panjob” peshqadamni mag'lub etdi Yangiliklar

Ikkinchi liga. “Panjob” peshqadamni mag'lub etdi

Samarqand viloyat ikkinchi liga chempionatida kechayotgan kurash ham qizg'in tus olmoqda.
Ayniqsa, yuqori o'rinlar uchun kurashayotgan jamoalarning ishtiroki samarqandlik ishqibozlarda katta qiziqish uyg'otmoqda desak yanglishmagan bo'lamiz.

Birinchi davraning so'nggi turida “Panjob” jamoasi o'z maydonida guruh peshqadami Kattaqo'rg'on shahrining “Do'stlik-K” jamoasini qabul qildi. Uchrashuv juda qiziqarli, asabiy hamda kurashlarga boy tarzda kechdi.

Kattaqo'rg'onlik futbolchilar  o'z darvozalaridan birinchi gol o'tkazib yuborgunlariga qadar mezbonlarga jiddiy qarshilik ko'rsatdi. SHunga qaramasdan maydon egalari mazkur bahsga har tomonlama jiddiy tarzda tayyorgarlik ko'rganligi sezilib turdi. Bu esa natijada ham o'z aksini topdi.

Bellashuvning 37-daqiqasida mezbonlar hujumchisi Orzu Axmedov to'pni ajoyib tarzda to'xtatib kuchli zarbasi bilan mezbonlarni hisobida oldinga olib chiqdi – 1:0. Tanaffusdan so'ng raqibni maydon markazidan deyarli o'tkazmagan “Panjob” jamoasi qarshi hujumlarning birida yana jazoladi. 56-daqiqada mehmonlar himoyachilaridan qochib ketgan Murod Jo'raqulov to'pni darvozaga yo'llab hisobni 2:0 ko'rinishga keltirdi. Goldan so'ng  katta kuch bilan oldinga tashlangan kattaqo'rg'onliklar uchrashuvning so'nggi daqiqalarida penalti ishlab oldi.  86-daqiqada o'z jarima maydoni ichida raqib mehmonlar futbolchisiga nisbatan qo'pollik ishlatdi va hakam 11 metrlik nuqtani ko'rsatdi. Penaltini Abdumalik Nabiev behato amalga oshirib hisobni qisqartirdi – 2:1.

Qolgan daqiqalarda mezbonlar vaziyatni tenglashtirish uchun qo'llaridan kelganicha harakat qildilar.  Bu borada “Panjob” yaxshi himoyalana oldi.  SHu tariqa  “Panjob” muhim bellashuvda birinchi o'rinda borayotgan kattaqo'rg'onliklarni mag'lubiyatga uchrata oldi.


Ikkinchi liga, 7-tur
23 iyun, seshanba
“Panjob” (Samarqand shahri) – “Do'stlik-K” (Kattaqo'rg'on shahri) – 2:1.
Hakamlar:
SH. Kamarov (Samarqand) – 8,0, S. Hakimov (Urgut) – 8,1,  X. Rustamov (Urgut) -7,3.
Nazoratchi: SH. Sayfullaev (Samarqand).
Gollar: Orzu Axmedov (37), Murod Jo'raqulov (56) – Abdumalik Nabiev (pen-85).
Ogohlantirish: Javlon Sultonov (23), Abdumalik Nabiev (52) – Isrofil Mamatqulov (52).

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика