Ikardi A Seriyaga qaytishi mumkin
22 fev 2022 13:58
Yangiliklar
Ikardi A Seriyaga qaytishi mumkin
PSJ hujumchisi Mauro Ikardi A Seriya top-klublari qiziqishlari doirasida.
"Calciomercato" xabariga ko'ra, 29 yoshli futbolchining xizmatlariga "Milan", "Napoli" va "Roma" tomonidan qiziqishlar bo'lmoqda. "Rossoneri" hujum chizig'ini kuchaytirish niyatida. "Roma" va "Napoli" esa hujumdagi raqobatni oshirishni istamoqda.
Ikardi 2019 yili PSJga ijara asosida o'tgandi. Bir mavsumdan keyin klub uni 50 million evro evaziga sotib oldi. Ushbu mavsumda Ikardi chempionatning 20 o'yinida qatnashib, 4 gol urdi. Uning klubi bilan shartnomasi 2024 yil yakuniga etadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Суперлига. Чемпионлик учун курашаётган "Насаф" ўз майдонида "Машъал"га мағлуб бўлди
ЖЧ U-17. Ўзбекистон Ирландияга имкониятни бой берди
Эшитдик-да! Кападзе Ўзбекистон терма жамоасидан кетди
Ла Лига. "Реал" меҳмонда "Райо Вальекано"ни мағлуб эта олмади
Fikrlar