So’nggi yangiliklar

06:26ФИФА Жаҳон Чемпионати учун расмий ўйин тўпи — "TRIONDA"ни тақдим этилди  0 01:57Европа лигаси. "Астон Вилла"да ғалаба, "Ноттингем Форест"да мағлубият ва бошқа натижалар  1 01:25Погба Франция термасига қайтадими? Дешам жавоб берди  0 00:51"Лилль" дарвозабонидан супер қаҳрамонлик!  6 00:28ОФФА Президенти Ровшан Нажаф ФИФА Президентига миннатдорлик билдирди  0 00:15Конференциялар лигаси. "Кристал Пэлас" тарихий ўйинда ишончли ғалаба қайд этди  1 23:53Европа лигаси. "Бетис"да ғалаба, "Рома" ўз майдонида ютқазди ва бошқа натижалар  0 23:25Муҳим ўйинлар олдидан "Ливерпуль"да жуда жиддий йўқотиш бор  3 23:06Анчелотти Бразилия термасининг сардори ким бўлишини маълум қилди  2 22:43Исроил нега мусобақалардан четлатилмаяпти? Инфантино жавоб берди  19 22:14Игорь Иванович Химич — “Нефтчи” футбол академияси директори  6 21:55Чақир, Мбаппе, Хойлунд - ЕЧЛда ҳафта рамзий термаси маълум қилинди  0 21:31ЎФА Фабио Каннаварога қанча муддатли шартнома таклиф қилган? Тимур Кападзенинг термадаги тақдири нима бўлади?  58 21:13Фабрицио Романо: Ўзбекистон термасини "Олтин тўп" соҳиби бошқаради  71 20:56ЕЧЛда ҳафта футболчиси маълум қилинди  3

Igor SHtimac: "Sepaxon" klubi yangitdan "qurilmoqda" Yangiliklar

Igor SHtimac: "Sepaxon" klubi yangitdan "qurilmoqda"

OCHL 4-turidan o'rin olgan "Lokomotiv" - "Sepaxon" uchrashuvidan oldingi matbuot anjumanida dastlab mehmonlar ishtirok etishdi.

"Ajoyib mehmondorchilik uchun "Lokomotiv"ga minnatdorchilik bildiraman. Ertaga ob havo o'tgan o'yindagidan yaxshiroq bo'lishidan xursandman. Bunday sharoitda ikkala jamoa ham o'zlarining eng yaxshi o'yinlarini namoyish etishadi. Biz Toshkentga ochkolar olish uchun kelganmiz. G'alaba uchun bor kuchimiz bilan o'ynaymiz. O'yinni yutish oson bo'lmaydi. Lekin biz uchrashuvga juda yaxshi tayyorgarlik ko'rdik, shu bois o'z kuchimizga ishonamiz. Ertaga g'alaba qozonishga ishonchim yuqori", - deydi Igor SHtimac.

"Uchrashuvga tayyorgralik bosqichini yaxshi o'tadik. Ertaga g'alaba uchun kelganmiz. SHu bois murabbiyimiz aytganidek bor kuchimiz bilan o'ynab 3 ochko olishni ko'zlayapmiz", - deydi Hussayin Fazeli.

- O'tgan o'yinda mag'lubiyat faqat ob havo sabab bo'ldimi?

- Albatta ob havo mag'lubiyatning yagona sababi emas edi. Xatolarga yo'l qo'ydik. "Lokomotiv" qarshi hujumda o'ynagani ularga yomg'ir qo'l keldi. Lekin o'zimiz ham qo'pol xatolarga yo'l qo'ydik.

- Jamoada yo'qotishlar bormi?

- Bir nechta jarohat olgan futbolchilar bor. Ular davolanishdi. Bugun rasmiy mashg'ulotda ertaga kim maydonga tushishini hal qilamiz.

- "Sepaxon" Eronning amaldagi chempioni. Lekin bu mavsum ichki chempionatda ham, OCHLdagi ham jamoaning ishlari yurishmayapti.

- Jamoa yangitdan qurilmoqda. Moliyaviy tomonlama o'zgarishlar bo'ldi. Transfer oynasi vaqtida kuchli futbolchilarni o'z safimizga qo'shib ola olmadik. SHu bois yosh futbolchilarga ko'proq etibor qaratishga qaror qildik. Doim yuqori cho'qqiga chiqish u erda qolishdan ko'ra osonroq. Hozir amalga oshirayotgan ishimiz kelasi 5 yilda chempionatda kuchli klub tuzishga qaratilgan.

- Ertaga jamoaingiz safarda o'ynaydi. SHundan kelib chiqib sizlarni qarshi hujumda o'ynaydi deyishimiz mumkinmi?

- Hozir taktikamni sizga aytib bera olmayman (kuladi). Bor kuchimizni hujumga qaratishga sabab ko'rmayapman. Sababi bu oxirgi o'yin emas. Yana o'yinlar bor.

- "Lokomotiv" jamoasi haqida nima deya olasiz?

Hussayin Fazeli: - "Lokomotiv" jismoniy jihatdan kuchli ekani o'tgan o'yinda sezildi. O'sha bahsdagi yomon ob havo o'z o'yinimizni ko'rsatishga imkon bermadi. Ertaga havo yaxshi bo'ladi. SHu bois aynan ertaga "Sepaxon" o'zning kuchli o'yinini ko'rsatadi.  


Narzulla Saydullaev

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика