So’nggi yangiliklar

12:11Ўзбекистон U-23 терма жамоасининг U-23 Осиё Кубоги саралаши учун таркиби маълум  0 11:42"Реал" диктатор туфайли янги футболчисининг исмидан воз кечди  2 11:20Ўзбекистон U-17 нега саралашда ўйнамайди?  1 10:43Кэрни Чуквуэмеки фаолиятини Бундеслигада давом эттиради  1 10:15"Тоттенхэм" "Ман Сити" футболчисини қўлга киритиш учун нархни кўтарди  0 10:03Бугун "Севинч" Осиё Чемпионлар Лигаси гуруҳ босқичига чиқиш йўлланмаси учун майдонга чиқади  0 09:48Эдегор ва Саканинг жароҳати ҳақида маълумот берилди  2 09:22Пролига. Бугун дерби бўлиб ўтади  1 08:54"Байер" "Манчестер Сити" футболчини қўлга киритишга яқин  0 08:25Кечаги дурангдан сўнг Аморим нималар деди?  5 07:56Sofascore. Кечаги учрашувда дубл ассист қилган Ғаниев неча баҳо олди?  1 07:31Ўзбекистон кубоги. Бугун илк ярим финалчи аниқланади  6 02:27Ла Лига. "Реал Мадрид" меҳмонда "Реал Овьедо"ни йирик ҳисобда таслим этди  68 01:53А Серия. "Ювентус" "Парма"ни ишончли ҳисоб билан таслим этди, "Аталанта" эса ўз уйида "Пиза"ни юта олмади  4 00:34Байиндир — МЮ таркибида АПЛнинг икки турида яққол голли вазият яратган ягона футболчи  5

Igor SHkvirin: “Lokomotiv” haqli g'alabaga erishdi” Yangiliklar

Igor SHkvirin: “Lokomotiv” haqli g'alabaga erishdi”

Oliy liganing 10-turidan o'rin olgan “Lokomotiv” - “Olmaliq” bahsida mezbonlar 3:0 hisobida g'alaba qozonishdi. O'yindan so'ng bo'lib o'tgan matbuot anjumanida dastlab “konchilar” bosh murabbiyi Igor SHkvirin ishtirok etdi.
-   Avvalo “Lokomotiv”ni bugungi yutuq bilan tabriklayman, - deya so'z boshladi Igor Anatolevich. - SHuni aytishim mumkin, raqib haqli g'alabaga erishdi. “Loko” bizga nisbatan yaxshi tayyorgarlik ko'ribdi va buni amalda isbotladi. Hisob bundan-da yirik ko'rinish olishi mumkin edi. Biz negadir o'z o'yinimizni ko'rsata olmadik. Butun bahs davomida raqib darvozasi tomon nari borsa bir marta xavfli zarba yo'lladik. O'tkazib yuborilgan gollarda darvozabon xatoga yo'l qo'ydi, lekin futbol jamoaviy o'yin ekanligini unutmaylik. SHunday ekan, mag'lubiyatda butun jamoa aybdor. O'tgan yil Olmaliqda ham shu “Lokomotiv”ga yutqazganimizda darvozabon xatoga yo'l qo'ygandi va o'shanda ham Karpenko gol urgandi. Bu safar ham Karpenko to'p kiritishga muvaffaq bo'ldi, ammo boshqa darvozabonga.

-   Maqsadmurod SHomurodov nima uchun darvozani qo'riqlamayapti?
-   Avvaliga u jarohat olgandi, keyin uyiga borib davolanib keldi. U bugungi uchrashuvga tayyor edi, biroq murabbiylar shtabi bilan kelishgan holda Umid Xonimqulovni tanladik.

-   Sanjar SHoahmedovni nima sababdan birinchi taymdan so'ng almashtirdingiz? Bu uning terma jamoada o'ynagani bilan bog'liqmi?
-   CHunki u o'zidan kutilgan o'yinni umumaan namoyish eta olmadi. Sanjar o'tgan yilgi o'yinlarining hatto 50 foizini ham ko'rsatmayapti. Biz uni bir yildan beri terma jamoa bosh murabbiyiga tavsiya qilib kelyapmiz. Ammo terma jamoaga chaqirildi deguncha o'yinida pasayish yuzaga kelyapti. SHoahmedov bugun aslida zaxiradan joy olishi kerak edi, lekin o'yin boshlanishiga oz vaqt qolganida Darko Stanoevichning to'satdan qorni og'rib qoldi. Natijada Sanjarni majburan asosiy tarkibga kiritdik.

X.Xoliqov yozib oldi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика