Igor Sergeev: "Qozog'iston gol urishga imkon bergandi. Rossiya esa..."
21 noy 2022 12:28
Yangiliklar
Igor Sergeev: "Qozog'iston gol urishga imkon bergandi. Rossiya esa..."
O'zbekiston milliy terma jamoasi hujumchisi Igor Sergeev Rossiyaga qarshi uchrashuvdan so'ng fikrlarini bildirib o'tdi.
"Bu jamoa bilan birinchi marotaba to'qnash keldik. Barcha futbolchilarda charchoq borligi yaqqol ko'zga tashlandi, chunki mavsum yakuniga etdi. Klubdan kelib, darhol maydonga tushganlar bor. Muhimi, yutqazmadik. Yutishni istagandik, lekin o'xshamadi. Ishlashda davom etamiz. O'yindan ijobiy taassurot qoldi.
Hujumlarni yakunlash etishmadi, deb o'ylayman. Bu yuqorida aytganimdek, charchoq bilan bog'liq. Qozog'iston gol urishga imkon bergandi. Rossiya himoyada yaxshi harakat qildi. Bo'sh xududlarni yopdi. Bu ikki o'yinni solishtirmagan bo'lardim", – dedi Igor Sergeev.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ОЧЛ-2. "Андижон" Қатарда "Ал Аҳли"га ютқазди ва мусобақа билан хайрлашди
Элит ОЧЛ. "Насаф" "Ал Иттиҳод"га кичик ҳисобда ютқазиб, плей-оффга чиқиш имкониятини йўқотди
Самвел Бабаян: “Сабр қилсак, “Андижон” фахрланадиган даражадаги жамоага айланади”
"Барселона" собиқ президенти: "Бизда Месси, Хави ва Иньеста борлиги учун ғалаба қозонганмиз. Ёки Европада ҳам Негрейра ғалаба қозониб берганми?"
Fikrlar