Igor Litovka: "Bu mag'lubiyat bizni yanada kuchliroq bo'lishimizga yordam beradi"
12 mar 2023 19:19
Yangiliklar
Igor Litovka: "Bu mag'lubiyat bizni yanada kuchliroq bo'lishimizga yordam beradi"
- "Andijon" safida debyut qildingiz. Dastlabki taassurotlar qanday?
- Debyut uchrashuvimni o'tkazdim. Stadionga kelgan muxlislarga rahmat. Afsuski, g'alaba qozona olmadik. To'g'risini aytsam, futbolchilik faoliyatimdagi eng dahshatli uchrashuv bo'ldi. Men hali hakam bunday ochiq tarzda o'yinni "o'ldirganini" ko'rmaganman. 10 kishi bo'lib qolgan jamoa, gol ursa, hakam esa VAR orqali golni 10 daqiqa ko'rib va golni bekor qilsa, to'g'risi so'z bilan tariflab bera olmayman. O'yin so'ngida futbolchi maydondan chetlatildi. U hakamni rus tilida so'kkan emish. Futbolchi esa rus tilini umuman bilmaydi va tushunmaydi. Juda alamli o'yin bo'ldi, O'ylaymanki, ushbu mag'lubiyat bizni yanada kuchliroq bo'lishimizga yordam beradi.
- "Nasaf" bilan o'yindan so'ng, jamoa xotirjamlikka berilib kolmadimi?
- Yo'q, "Nasaf" bilan bo'lgan uchrashuv va bu bahs, bir-biridan katta farq qiladi. Mazkur uchrashuvda sariq futbolkadagi insonlar o'yinda izlarini qoldirishdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 Жаҳон чемпионати. Ўзбекистон ўсмирлар терма жамоаси илк турда Парагвайни мағлуб этиб, мусобақани ғалаба билан бошлади
Суперлига. "Бухоро" ўз уйида бир киши кам "Нефтчи"дан очко тортиб олди
ЕЧЛ. "Ливерпуль" ўз уйида "Реал Мадрид"ни мағлубиятга учратди
ОЧЛ-2. "Андижон" кетма-кет тўртинчи марта 0:0 ҳисобида дуранг ўйнади
Fikrlar