Igor Kolivanov: “Vagiz bilan 1-ligadayoq shartnoma imzolamoqchi bo'lgandik”
20 iyu 2014 13:04
Yangiliklar

Igor Kolivanov: “Vagiz bilan 1-ligadayoq shartnoma imzolamoqchi bo'lgandik”
Rossiya premer-ligasi debyutanti, o'z tarixida ilk bor kuchlilar safida ishtirok etadigan Boshqirdistonning “Ufa” klubi yangi mavsumga tayyorgarlikni davom ettirmoqda.
Jamoa bosh murabbiyi Igor Kolivanov klub bilan shartnoma imzolagan hamyurtimiz Vagiz Galiulin haqida o'z fikrini bildirdi.
“Vagiz texnikasi yuqori futbolchi. Uni birinchi divizionda ishtirok etayotganimizdayoq o'z tarkibimizga qo'shib olishni maqsad qilgandik. Lekin o'shanda “Rubin” uni qo'yib yubormagan edi. Afsuski, jarohati sabab o'tgan mavsumni deyarli o'tkazib yubordi.
Hozir asta sekin o'z sport formasini tiklab olyapti. “Ximki”, “Dolgoprudniy”, “Saxalin”, “Strogino” klublariga qarshi o'tkazilgan nazorat o'yinlarida yomon harakat qilmadi. O'ylaymanki, u premer-ligada bizga yordam beradi”

Fikrlar