So’nggi yangiliklar

01:17Максим Шацких: “Трансфер ойнаси ёпилгунича 2-3 нафар янги ўйинчи оламиз”  1 00:55"Андижон" назорат ўйинида Тожикистон жамоасини мағлуб этди  1 00:41Футболга қайтиш муборак: "Байер" Эрик тен Хагнинг дебют ўйинида йирик ҳисобда мағлуб бўлди  4 00:21"Манчестер Сити" Траффорд билан шартнома имзолаши мумкин  2 23:59"Ақлдан озаётган" "Тоттенхэм" ўз тарихидаги энг қиммат трансферни амалга оширишга тайёрланмоқда  2 23:46Алишер Одилов "Навбаҳор"ни тарк этди  3 23:24Микель Артета: "Мадуэке - АПЛнинг энг яхши ҳужумчиларидан бири"  1 22:50Месси Ямалга қарши: Финалиссима қачон бўлади?  6 22:20Исак "Ал Ҳилол"га ўтиши мумкин  1 21:53"Милан" Спортьеллони собиқ жамоасига қайтариб юборди  0 21:33Гампер Кубоги учун ўйин қаерда бўлади?  4 21:14Расман: Нони Мадуэке - "Арсенал" футболчиси!  5 20:52"Насаф" назорат ўйинида "Машъал"дан устун келди  2 20:10"Милан" Модрич ёрдамида "Реал" аъзоси билан музокара ўтказмоқда  0 19:45Моуринью: "Португалияга қайтаман. Фаолиятим охирида эмас, чўққисида"  2

Ibrohimhalil OTJ lagerini tark etdi, uning o'rniga boshqa o'yinchini qo'shish mumkinmi? Kapadze javob berdi Yangiliklar

Ibrohimhalil OTJ lagerini tark etdi, uning o'rniga boshqa o'yinchini qo'shish mumkinmi? Kapadze javob berdi

O'zbekiston U-23 terma jamoasi Parij Olimpiadasidagi ikkinchi o'yinini ertaga Misrga qarshi o'tkazishidan xabaringiz bor.

Kecha kechqurun legionerimiz Ibrohimhalil Yo'ldoshev oilaviy sabablarga ko'ra OTJ lagerini vaqtincha tark etgani haqida xabar berildi.

Parij-2024. O'zbekiston OTJ legioneri terma jamoa ixtiyorini vaqtinchalik tark etdi

"Championat.asia" o'quvchilarni qiziqtirayotgan savolga javob olish maqsadida bosh murabbiy Timur Kapadze bilan bog'landi va Yo'ldoshevning o'rniga zaxiradagi boshqa o'yinchi qaydnomaga kiritiladimi yoki yo'qligiga oydinlik kiritishni urinib ko'rdi. Demak, Kapadze bu borada quyidagicha javob berdi.

"Ibrohimhalilning o'rniga zaxiradagi o'yinchilardan birini qaydnomaga kiritish uchun kecha so'rov berganmiz, hali javob kelmadi. Kutyapmiz. Albatta biz almashtirishga harakat qilyapmiz, chunki bizda himoyachilar yo'q (birinchi o'yindan oldin markaziy himoyachi Asadbek Rahimjonov betob bo'lib qolgan edi - tahririyat.). Lekin, reglamentda jarohat olsa degan joyi bor, bunday fors-major holatda qanday yo'l tutishadi, bilmaymiz", - deb aytib o'tdi Kapadze.

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика