Ibragimovich "Milan" bilan sovrin qo'lga kiritsa, faoliyatini yakunlashi mumkin
06 apr 2022 21:28
Yangiliklar
Ibragimovich "Milan" bilan sovrin qo'lga kiritsa, faoliyatini yakunlashi mumkin
La Gazzetta dello Sport xabariga ko'ra, 40 yoshli mutaxassis ushbu mavsumda "Milan" bilan A Seriya yoki Italiya kubogida g'olib chiqsa, faoliyatini yakunlashshga qaror qilishi mumkin. Ibragimovichning bu fikriga SHveciya terma jamoasining JCH-2022ga chiqolmagani sabab bo'lgan.
SHveciyalik futbolchining amaldagi shartnomasi yozda yakunlanadi va uni uzaytirish bo'yicha muzokaralar hali boshlanmagan. Yiliga 7 million evro maosh bilan u milanliklarning eng ko'p maosh oluvchi futbolchilaridan biri hisoblanadi.
Agarda Zlatan faoliyatini yakunlasa, katta ehtimol bilan klubda ish faoliyatini boshlaydi. U Stefano Pioli boshchiligidagi murabbiylar shtabiga kiritilishi mumkin. Agar hujumchi yana bir mavsum jamoada qolishga qaror qilsa, milanliklar unga maoshi kamaytirilgan shartnoma taklif qiladi va yozda markaziy hujumchi bilan shartnoma imzolashga harakat qiladi.
Joriy mavsumda Ibrahimovich "Milan" safida barcha turnirlarda 23 ta o'yinda maydonga tushib, 8 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мусобақани ғалаба билан бошланди. Стартда Ливанни енгдик
Испания Суперкубоги. "Барселона" "Атлетик"ни ўта йирик ҳисобда таслим этиб, финалга йўл олди
АПЛ. "Манчестер Сити" "Брайтон" билан ўйинда яна очко йўқотди. Ҳусанов тўлиқ ўйнади
Равшан Ҳайдаров: "Уч очко қўлга киритилди. Болаларча қилинган хатолар Эронга қарши ўйинда такрорланмайди деб умид қиламан"
Fikrlar