Ibragimovich: "Men MLS tarixidagi eng yaxshi futbolchiman"
30 apr 2022 00:47
Yangiliklar
Ibragimovich: "Men MLS tarixidagi eng yaxshi futbolchiman"
SHveciyalik forvard 2018-2019 yillarda "Los-Anjeles Gelaksi" tarkibida 58 o'yinda 53 gol urib, 15 golga assist bo'ldi.
"MLSga rahmat aytaman, u erda men o'zimni tirik his etdim.
Bu liga uchun kuchlilik qildim, ligani boshqardim desam ham bo'ladi. Balki MLS tarixidagi eng yaxshi futbolchidirman.
Ushbu ligada yaxshi vaqt o'tkazdim. Undan tashqari, ligadagilarning ishlashi va marketingdagi faoliyati ham menga yoqdi.
Jarohatdan forig' bo'lib, futbolga qaytib olishda ham MLS muhim rolni bajardi. Undan tashqari, o'zim uchun ham aytishim mumkinki, o'shanda o'zim uchun eng yaxshi holatimda edim.
Bo'sh stadionlar umuman yo'q edi. Borishimdan oldin u erdagilar stadionlar bo'sh bo'lishini aytishgandi. SHu sababli bu haqida hech nima deya olmayman. MLSda faoliyat olib borganimdan xursandman", - dedi "Milan" hujumchisi
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 Жаҳон чемпионати. Ўзбекистон ўсмирлар терма жамоаси илк турда Парагвайни мағлуб этиб, мусобақани ғалаба билан бошлади
Суперлига. "Бухоро" ўз уйида бир киши кам "Нефтчи"дан очко тортиб олди
ЕЧЛ. "Ливерпуль" ўз уйида "Реал Мадрид"ни мағлубиятга учратди
ОЧЛ-2. "Андижон" кетма-кет тўртинчи марта 0:0 ҳисобида дуранг ўйнади
Fikrlar