So’nggi yangiliklar

15:00Ўзбекистон U-23 - Шри-Ланка U-23  2 14:40Ўзбекистон U-18 терма жамоаси Арманистонга кимларни олиб кетди?  0 13:41Рауль – "Байер" мураббийлигига номзодлардан бири  1 13:38Гулжигит Аликулов - Ўмон билан ўйин, "Қайрат" ва Жалолиддинов ҳақида   0 13:25ФОТОГАЛЕРЕЯ. "CAFA Nations Cup-2025". Туркманистон – Ўзбекистон 1:2  1 12:55Футбол юлдузлари ўтган ҳафтани қандай ўтказди?  0 12:34Дидар Дурдиев: "Ўзбекистон билан дуранг ўйнашимиз мумкин эди"  3 12:00Игорь Сергеев: "Шквирин ва Аҳмедовни ортда қолдирдим? Термада шахсий статистика эмас, жамоа манфаати муҳимроқ"  7 11:39Алишер Одилов: Терма жамоадаги дебютим кутганимдек зўр бўлмади, сабаби..."  12 10:40Суперкомпьютер Чемпионлар лигаси фаворитлари номини эълон қилди  12 10:04Бугун Ўзбекистон U-23 терма жамоаси ҳам Осиё кубоги саралашидаги юришини бошлайди  5 09:06Халқаро ўртоқлик турнири. Бугун ўсмирларимиз Англияга қарши майдонга тушади  9 08:35Ёзнинг энг қиммат ТОП-10 трансфери. Рўйхатнинг дастлабки учта ўрни бир жамоага тегишли  7 08:04"Байер"дан хайдалган тен Хаг қанча товон пули олиши маълум  9 07:32Абдуқодир Ҳусанов "Манчестер Сити"нинг EЧЛ қайдномасидан жой олди  14

Husniddin Nishonov: "Hozir faqatgina jismoniy holatimiz va himoyamizni yaxshilash haqida o'ylamoqdamiz" Yangiliklar

Husniddin Nishonov: "Hozir faqatgina jismoniy holatimiz va himoyamizni yaxshilash haqida o'ylamoqdamiz"

O'zbekiston futzal terma jamoasi azosi Husniddin Nishonov Qirg'iz Respublikasiga qarshi kechgan bahsdan so'ng (3:1) o'yin haqidagi fikrlari bilan bo'lishdi.

- Bugungi o'yinda ancha erkin o'ynadingiz. Bu bosh murabbiyning topshirig'i edimi?

- Ha. Biz hozirgi kunda ko'proq o'zimizning himoyamiz ustida ko'proq ishlamoqdamiz. Yaxshi himoyalansak, to'g'ri hujum qila olamiz. Jahon chempionatiga qadar ham himoya chizig'imizni yaxshilash ustida bosh qotiramiz.

- Bugungi g'alabadan so'ng yigitlarning kayfiyati qanday?

- Kayfiyat ajoyib. Muxlislar kelib bizni qo'llab quvvatlashmoqda. Mirabror Usmonov xotira turniri biz uchun Jahon chempionatigacha yaxshi tayyorgarlik bo'lib beradi. Gvatemalaga qarshi so'ngi uchrashuvda yanada yaxshiroq harakat qilishga intilamiz. Bu safar Gvatemalani mag'lub etishimiz shart.

- Jahon chempionatiga qadar yana qaysidir jamoalar bilan o'rtoqlik uchrashuvlari o'tkazilishi rejalashtirilganmi?

- Menda bu haqda hech qanday malumotga ega emasman, to'g'risi. Biz hozir faqat jismoniy holatimiz va himoyamiz haqida qayg' urmoqdamiz. Mehnat qilishda davom etishimiz kerak.

- Bugungi xet-trikni kimga bag'ishlaysiz?

- Oilamga va bugungi uchrashuvga tashrif buyurgan muxlislarga.



Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика