Husniddin Aliqulov OCHL guruh bosqichining eng yaxshi 8 nafar himoyachisi qatoridan o'rin oldi
18 iyu 2022 19:44
Yangiliklar
Husniddin Aliqulov OCHL guruh bosqichining eng yaxshi 8 nafar himoyachisi qatoridan o'rin oldi
OFK rasmiy sayti OCHL-2022 guruh bosqichida ajoyib statistika qayd etgan sakkiz nafar himoyachini elon qildi.
Etiborga molik tomoni, ular orasidan "Nasaf" himoyachisi Husniddin Aliqulov ham joy olgan. "Ajdarlar" mudofaa vakili 31 ta havodagi kurashda g'alaba qozongan (guruh bosqichida barcha himoyachilar orasida eng yaxshi natija), shuningdek, 39 ta yakkakurashda ustun kelgan (guruh bosqichida barcha himoyachilar orasida 2-eng yaxshi natija).
Mazkur ro'yxatga Aref Agasi (Fulad), Pedro Enrike (Seylor Siti), Ahmad Yosir (Al Rayyan), Vere Korbin-Ong (Joxor Darul Tazim), Irfan Fandi (Patum Yunayted), Danial Esmailifar (Sepahon), Xvan Dje Von (Tegu FK) kabi futbolchilar ham kiritilgan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Осиё чемпионига айланган U-17 терма жамоасининг 5 нафар футболчиси "Андижон"да!
Сергеев келажаги бўйича бир қарорга келди
Черан "Андижон" таклифини рад этди ва бошқа бир жамоага ўтмоқда
Манба: Абдуқодир Ҳусановни АПЛнинг бошқа топ-клуби 47 миллион фунтга сотиб олишга тайёр
Fikrlar