So’nggi yangiliklar

00:49Шахзод Азмиддинов "Пахтакор" билан хайрлашди  4 00:15Ўзбекистон U-17 терма жамоаси "Чертаново" билан дуранг ўйнади  7 23:57"Реал" Конатени нишонга олди  2 23:28"Пахтакор" бугун Камолиддин Тожиевни бош мураббий этиб тайинлади, аммо унда Про лицензияси йўқ  2 23:14Расман: "Арсенал" Гёкерешни 63,5+10 млн еврога сотиб олди  4 22:58Гёкереш тиббий кўрикдан ўтди ва "Арсенал" билан шартнома имзолади (Фабрицио Романо)  2 22:35Назорат ўйини. "Нефтчи" ФарДУни аяб ўтирмади, Нимели ва Марушичдан дубль  6 22:17Александар Митрович - "Манчестер Юнайтед"нинг янги мақсади  1 21:45Назорат учрашуви. "Пахтакор" ва "Бунёдкор" жамоалари ўртасидаги ўйинда ғолиб номи аниқланмади  8 21:22"Тоттенхэм" Родриго учун курашга киришди  1 20:47"Манчестер Сити" Эдерсонни сотишга тайёр  2 20:20Ўртоқлик ўйини. "Сурхон" "Бухоро"дан устун келди  7 19:58"Ливерпуль" Англия терма жамоаси вингерини нишонга олди  3 19:00Ўртоқлик ўйини. "Милан" Гонконгда "Ливерпул"ни мағлуб этди  4 18:40"Реал" "Арсенал" билан учрашув учун делегация тайёрламоқда  10

Husan aka Temirovni tabriklaymiz! Yangiliklar

Husan aka Temirovni tabriklaymiz!

Teglar :  Husan Temirov
Husan aka Temirov. Oqsoqol jurnalist. Butun umrini shu sohaga baxshida etgan inson.

Husan aka jurnalist sifatida radioda, gazetada va televideniyada ham faoliyat yuritdi va yuritmoqda. U kishi o'zining mehnati, kasbiga bo'lgan mehri evaziga katta hurmat va etirof sohibiga aylandi.

Tabiatan xushchaqchaq, ochiqko'ngil bo'lgan Husan akani hammamiz hurmat qilamiz, ezozlaymiz. Futbolni chin dildan sevgan Husan aka hamon futboldan uzoqlashgani yo'q. U kishi “Markaziy” stadionimizda suhandonlik qilib kelmoqda.

Bugungi kunda Husan aka hayoti davomida orttirgan kasb mahoratini yoshlar bilan baham ko'rib kelmoqda. SHundanda u kishining shogirdlarini sanab adog'iga etish qiyin.

Husan akani futbol tarixining “jonli kitobi” deb, tariflasak aslo mubolag'a bo'lmasa kerak. CHunki, suhbat qilsangiz, gurung faqat futbol haqida bo'ladi. Zerikmaysiz.

Jamoamizda shunday inson mehnat qilayotganidan faxrlanamiz. Oilasi, farzandlari, nevaralari hamda bizning ezozimizda bo'lgan Husan aka bugun o'zining tavallud ayyomini nishonlamoqdalar.

Husan aka avvalo sizga mustahkam sihat salomatlik tilaymiz. Oila azolaringiz, farzandlaringiz va bizning baxtimizga doimo sog' va omon bo'ling. Umringiz uzoq bo'lsin. Farzandlaringiz, nevaralaringizning kamolini ko'rib yuring.

Tug'ilgan kuningiz muborak bo'lsin!

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика