Holand: "Mana shunday o'yinlar uchun futbol o'ynaymiz"
11 dek 17:32
Yangiliklar
Holand: "Mana shunday o'yinlar uchun futbol o'ynaymiz"
"Manchester Siti" hujumchisi Erling Holand Chempionlar Ligasi umumiy bosqichining 6-turida "Real" ustidan 2:1 hisobida qozonilgan g'alaba bo'yicha fikr bildirdi.
"Biz hammamiz mana shunday o'yinlar uchun futbol o'ynaymiz. Bu ajoyib. Bunday uchrashuvlarda ishtirok etishni istaysan, yangi formatda esa yanada ko'proq o'yin o'tkazish imkoniyati paydo bo'ladi — bu haqiqatan ham juda zo'r. Menga yoqyapti. Agar "Siti" g'olib chiqmaganida vaziyat butunlay boshqacha bo'lishi mumkin edi, chunki biz "Bayer"ga yutqazgan edik. Shu bois bu g'alaba juda muhim. Oldimizda yana ikki o'yin bor — qattiqroq mehnat qilib, umumiy bosqichni yaxshi natija bilan yakunlashimiz kerak. Umid qilamanki, jamoamiz birinchi sakkizlikka kiradi", – dedi Holand.
"Manchester Siti" 13 ochko to'plab, umumiy bosqich jadvalida 4-o'rinda bormoqda. "Real" esa 12 ochko bilan 7-pog'onaga joylashgan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал" ўз уйида "Сельта"га мағлуб бўлди, Гарсия ва Кассерас қизил карточка олди
Месси ўз рекордини янгилашда давом этмоқда
ЕЧЛ. Дастлаб гол ўтказиб юборган "Барселона" якунда "Айнтрахт"ни мағлубиятга учратди
Алонсо кечаги мағлубиятдан сўнг ҳакамни кескин танқид қилди
Fikrlar