Holand "Enfild"da ilk bor gol urdi. U APLda o'ynagan 24 ta stadionidan 23 tasida gol urishga muvaffaq bo'lgan
10 fev 12:32
Yangiliklar
Holand "Enfild"da ilk bor gol urdi. U APLda o'ynagan 24 ta stadionidan 23 tasida gol urishga muvaffaq bo'lgan
APLning 25-turi doirasida "Enfild" stadionida "Liverpul" va "Manchester Siti" o'rtasida tomoshabop bahs bo'lib o'tdi.
Uchrashuv "shaharliklar"ning 2:1 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlandi, garchi maydon egalari 74-daqiqada hisobni ochgan bo'lsa-da.
"Siti"ning yulduz hujumchisi, norvegiyalik Erling Holand jamoasining gollaridan biriga mualliflik qildi. Qayd etish joizki, bu Holandning APL doirasida "Enfild"da o'tkazgan to'rtinchi o'yini bo'lib, u mazkur stadionda turnir doirasidagi ilk to'pini kiritdi.
Shu tariqa, norvegiyalik to'purar Angliya chempionatida o'ynagan 24 ta stadionidan 23 tasida gol urishga erishdi. U faqatgina "Sanderlend"ning uy maydoni — "Stedium of Layt"da gol ura olmagan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" Вальверденинг хет-триги эвазига "Манчестер Сити"ни мағлуб этди
ЕЧЛ. "Барселона" меҳмонда "Ньюкасл" билан дуранг ўйнади
Суперлига. "Насаф" сўнгги дақиқаларда урилган гол эвазига "Динамо" билан дуранг ўйнади
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" — "Манчестер Сити" 3:0
Fikrlar