So’nggi yangiliklar

01:15Расман: Азизбек Амонов "Бухоро" футболчисига айланди  4 01:04Равшан Ҳайдаров: "Йигитларда иштиёқ катта эди. Мухлислар қўллови билан ғалабага эришдик"  0 00:57Нодирбек Абдураззоқов: "Японияга қарши ўйинда ғалаба учун майдонга тушамиз. Голимни Ислом Тўхтахўжаевга бағишлайман"  3 00:45"Ювентус" Консейсауни "Порту"дан тўлиқ сотиб олди  0 00:17Рэшфорд "Барса" билан шартнома имзолади (Фабрицио Романо)  1 23:55"Андижон" назорат ўйинида камбэк эвазига ғалаба қозонди  1 23:24Ўзбекистон U-17 терма жамоаси ЦСКАга қарши баҳс олиб боради  1 22:59"Ливерпуль" тўхтамоқчи эмас. Клуб Франция чемпионатидан вингер сотиб олмоқчи  1 22:35U-23. Ўзбекистон – Саудия Арабистони 3:1  3 22:25Мираброр Усмонов Кубоги-2025. Ўзбекистон U-23 терма жамоаси Саудия Арабистонига ҳеч қандай имконият қолдирмади  25 21:41Мюллер фаолиятини МЛСда давом эттиради  3 20:59Родриго "Реал"да қолмоқчи. Футболчи Алонсонинг фикрини ўзгартириш ниятида  5 20:21"Кристал Пэлас" Европа Лигасида четлаштирилиши бўйича спорт арбитраж судига апелляция берди  0 19:51Хави Симонс "Челси"га ўтишга рози  3 19:27Де Хеа: "Манчестер Юнайтед"да ўтказган йилларим учун Англиядан тушган таклифларни рад этдим"  2

Hokim Kubogi. “Qo'qon-1912” yoshlari so'nggi o'yinda mag'lub bo'lishdi Yangiliklar

Hokim Kubogi. “Qo'qon-1912” yoshlari so'nggi o'yinda mag'lub bo'lishdi

Yoshlarimiz guruh bosqichining so'nggi uchrashuvini “Turon” jamoasiga qarshi o'tkazishdi. Mazkur o'yin kutilganidek shiddatli tarzda boshlandi.

Har ikki jamoa ilk daqiqalarda hujumga zo'r berishdi. 24-daqiqada hisobni ochishga yaqinlashdik. Biroq Timur Usmonovning zarbasiga biroz aniqlik etishmadi. 26-daqiqada yaypanliklar jarima to'pidan keyin darvozamiz oldida xavfli vaziyatni vujudga keltirishdi. Ushbu vaziyatda Muhammadali Sobirov o'z mahoratini namoyish etdi. 35-daqiqada jarima to'pi tepish huquqiga ega bo'ldik. Iqbol Malikjonovning zarbasi noaniq ko'rinish oldi. 37-daqiqada uchrashuvda hisob ochildi. Saidjamol Davlatjonov raqib darvozasini aniq nishonga oldi. Jamoalar tanaffusga shu hisobda chiqib ketishdi.

Uchrashuvning ikkinchi qismi ham shiddatli kurashlar ostida boshlandi. 48-daqiqada “Turon” futbolchilari hisobni tenglashtirishdi. Gol muallifi  - Mo'ydin Mamazulumov bo'ldi. O'yinning 48-daqiqasida «Turon» jamoasi kiritgan gol avvaliga hisoblamagandek ko'rindi. Qanot hakami bayroqchasini ko'tarib «ofsayd»  qayd etdi. Yakunda o'yin hakami golni hisobga olgan ekan. 52-daqiqada Timur Hakimovning zarbasidan keyin to'p darvoza ustuniga tegib qaytdi. 55-daqiqada Timur Hakimov raqib darvozasiga ikkinchi golni kiritdi. 63-daqiqada yaypanliklar hisobni tenglashtirishdi. Bu safar ham golni tajribali Mo'ydin Mamazulumov kiritdi. 74-daqiqada yaypanliklar oldinga chiqib olishdi. Gol muallifi yana Mo'ydin Mamazulumov bo'ldi. U bugungi bahsda xet-trik qayd etdi.

O'yinning so'nggi daqiqalarida har ikki jamoa bir qator vaziyatlar vujudga kelganiga qaramay, o'yindan hisob o'zgarishsiz qoldi.



“Viloyat hokim kubogi-2019”
“A” guruhi
5-tur
 “Qo'qon-1912” (U-21) – “Turon” – 2:3 (1:0)
Hakamlar:
Firdavs Norsafarov, Obid Jumaev, Ruslan Samandarov, Olim To'ychiboev.
Nazratchi: Valentin Kovalenko.
Gollar: Saidjamol Davlatjonov -37, Timur Hakimov- 55. – Mo'ydin Mamazulumov -48, 63, 74.
“Qo'qon-1912” (U-21): 12. Muhammadali Sobirov, 4. Saidjamol Davlatjonov, 5. Jasur Yoqubov, 8. Bekzod Karimov, 10. Timur Hakimov, 11. Timur Usmonov, 17. Dilshod Baratov, 23. Avaz Mamatxo'jaev, 25. Saveliy Abramov, 96. Abdullox Mirkomilov, 97. Iqbol Malikjonov.
Zaxira: 1. Jasur Abdullaev, 9. Ramz Isaqov, 18. Dilshod Samikov, 29. Abyuxon Isaqov, 70. Umid Muhammadaliev, 85. Ibrohim Usmonov, 98. Barhayot Saidahmadjonov.
“Turon”: 46. Muhriddin Ahmedov, 2. Laziz Abdurashidov, 5. Oybek Axmatov, 7. Akbar Abdurahmonov, 10. Mo'ydin Mamazulumov, 15. SHoxrux Xolmatov, 17. Doston Meliqo'ziev, 19. Zokir Nurmatov, 20. Jasur Yuldashaliev, 22. Orif Mamajonov, 23. Doniyor To'lashev.
Zaxira: 1. Alisher Paxriddinov, 4. Esonali Fozilov, 11. Toshpo'lat Abbosov, 14. Abduxoliq Ziyaev, 21. Ismoil Oxunjonov.


Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика