Hokim kubogi: "OAV xodimlariga bildirilgan munosabat uchun tashkilotchilarga rahmat! Rahmat..." Yangiliklar

Hokim kubogi: "OAV xodimlariga bildirilgan munosabat uchun tashkilotchilarga rahmat! Rahmat..."

Avval xabar berganimizdek, bugun Farg'onada "Hokim kubogi-2021" musobaqasida yakuniy final uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Mazkur uchrashuv yakunida musobaqaning eng faol ishtirokchilarini qutlash jarayoni tashkil etildi. Dastavval turnirning eng yaxshilari, yani ishtirokchi jamoalar safida munosib harakat futbolchilar, keyinchalik sovrinli o'rinlarni qo'lga kiritgan jamoalar vakillari taqdirlandi. Ko'tarinki kayfiyatda o'tgan jarayon yakuniga etdi.

SHundan so'ng mazkur marosimni guvohi bo'lish uchun futbol muxlislari stadionni tark etishdi. Oradan malum bir vaqt o'tgach, stadionda hech kim qolmagach musobaqa tashkilochilari orasida kimningdir turnirni yoritish uchun jonbozlik ko'rsatgan OAV vakillarini ham taqdirlash lozimligi yodiga tushib qoldi. Zo'r kayfiyat! Ajoyib tashkilotchilik! Stadionda qolgan 5-6 nafar masul shaxslar guvohligida saytimiz vakili Bekzod Tolibov ham taqdirlandi.

"Hokim kubogi-2021" musobaqasi tashkilotchilariga OAV vakillarini qo'llab-quvvatlaganliklari uchun saytimiz azolari va o'quvchilari nomidan minnatdorchilik bildiramiz.


Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика