So’nggi yangiliklar

11:30Мухлислар Уэйн Рунини танқид қилди: "Ажойиб футболчи, аммо ёмон эксперт"  0 10:52"Брентфорд" ўз тарихидаги рекорд қийматли трансферни эълон қилди  0 10:25Sofascore. Мозговой БАА Пролигасидаги дебютидаги ҳаракатлари неча баҳога лойиқ кўрилди?  0 10:23Илёс Зейтуллаев: "Жамоам ғалабага муносиб эди"  3 09:59Виктор Карпенко: "Бунёдкор" хатоларни кечирмаслигини ўйиндан аввал ҳам айтган эдим. Амалда шундай бўлди"  2 09:53Артета: "Олд Траффорд"да ғалаба қозонишимиз муҳим эди"  1 09:20Пролига. Бугун янги турга старт берилади  0 08:47Sofascore. Шомуродов кечаги учрашувдаги ҳаракатлари неча баҳо олди?  3 08:13Суперлига. Бугун Хоразмга катта футбол қайтади  10 07:45Рубен Аморим кечаги мағлубиятдан сўнг ўз фикрларини билдириб ўтди  10 07:10Суперлига. "Бунёдкор" сўнгги дақиқаларда ғалаба голини урди, "Андижон" ва "Сурхон" эса сафарда мағлубиятга учради  1 04:35Ла Лига. "Атлетико" илк турдаёқ камбэк қурбони бўлди  3 04:30Италия кубоги. "Милан" қийинчиликсиз "Бари"ни мағлуб этди  1 01:42Лига 1. Витиньянинг голи ПСЖга "Нант" устидан ғалабани тақдим этди  2 00:26Туркия Суперлигаси. "Истанбул Башакшехир" ўз уйида "Кайсериспор"ни мағлуб этолмади, Шомуродов 70 дақиқа ўйнади  10

“Hokim kubogi”: "Neftchi" - "Navbahor" (yoshlari) 2:0 Yangiliklar

“Hokim kubogi”: "Neftchi" - "Navbahor" (yoshlari) 2:0

Bugun Farg'onada “Hokim kubogi” ananaviy turniri start oldi. Aslini olganda musobaqa 30 yanvar kuni boshlanishi kerak edi.
Lekin, tashkilotchilar so'nggi pallada o'yinlarni boshlanish sanasiga o'zgartirish kiritishdi. Aynan shu sababli, musobaqada ishtirok etayotgan yoshlarimiz bugun “Neftchi” jamoasiga qarshi maydonga tushishdi. Lyan boshchiligidagi yoshlarimiz nomdor raqibga munosib tarzda qarshilik ko'rsatishdi. SHunday bo'lsada, mezbonlar bir amallab g'alaba qozonishni uddasidan chiqishdi. Farg'onaliklar g'alabani taminlovchi gollarni urish borasida bir qator qiyinchiliklarga duch kelishdi.

Nihoyat ikkinchi bo'lim o'rtalariga yaqin Ro'zimboy Ahmedov hisobni ochishga erishdi. O'yin yakunlanishi arafasida hakam Aziz Umarovni maydondan chetlatishga qaror qildi. Aslini olganda o'sha vaziyatda farg'onaliklar Umarovni to'xtatib qolishgandi. Ammo, hakam Umarovni maydonga yiqilayotib, haqorat qilganligini bildirib, futbolchimizni maydondan chetlatdi. Son jihatidan ustunlikka erishgan “Neftchi” uchrashuv so'nggida ikkinchi golni ham urishga erishishdi. Yakuniy hisob esa 2:0 ko'rinishini oldi. SHu o'rinda hakamni birinchi bo'limni o'zida olti nafar “Navbahor” azosiga sariq kartochka ko'rsatganligini ham qo'shimcha qilish joiz.

Yoshlarimiz uchrashuvni quyidagi tarkibda o'tkazishdi: Amir Ergashev, Farruh Umaraliev, Hojiakbar Yunusov, Sanjar Toshpo'latov, Aziz Umarov, Sardor Telyakov, Azim Nematillaev, Ibrohim Ismoilov, Xusan G'aniev, Islom Ismoilov, Muxriddin Muminov.
Zaxiradan maydonga tushganlar:
Ibrohim Abdullaev, Akbar Xoldorov, Dilmurod Malikov, Ibrohim Abudullaev.

Yoshlarimiz ertaga belgilangan 2-turda dam olishadi. Lyan shogirdlari musobaqadagi ikkinchi uchrashuvni 1 fevral kuni Andijonning “UzDongJu-2” jamoasiga qarshi o'tkazishadi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика