Hojimat Erkinov: "Surxon" bilan o'yinda chempionlik masalasini hal qilamiz"
04 noy 2023 12:30
Yangiliklar
Hojimat Erkinov: "Surxon" bilan o'yinda chempionlik masalasini hal qilamiz"
Hisobda ortda borayotgan "sherlar" 79-daqiqada Hojimat Erkinovning goli evaziga hisobni tenglashtirdi. Yakunda hisob o'zgarmadi – 1:1. O'yindan so'ng Hojimat Erkinovning fikrlari bilan qiziqdik.
Paxtakor Xojimat Erkinov - 79' Superliga. 24-tur 03/11/2023, 18:15
Nasaf SHerzod Nasrullaev - 27'
"Bu o'yinda biz g'alaba qozonishimiz kerak edi. Birinchi bo'limda ham, ikkinchi bo'limda ham yaqqol ustunlikka ega bo'ldik, vaziyatlar yaratdik. Hujumlarimiz soni ham ko'p edi. Nima ham derdim, shunday bo'lishi kerak ekan. O'yindan avval "Championat.asia" sayti ekspertining fikrini o'qigandim. Unda aytilishicha, "Nasaf" juda kuchli bo'lib, "Paxtakor"ni bemalol yutar ekan. SHuning uchun ham ikki karra kuch bilan o'ynadik.
Xudoga shukur, barchasi yaxshi ketyapti. Nasib qilsa, "Surxon" bilan o'yinda chempionlik masalasini hal qilamiz",- dedi Hojimat Erkinov.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Тимур Кападзе дунёнинг энг кучли мураббийлари орасида кучли ўнликка кирди!
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
Расман: Ислом Тўхтахўжаев — "Андижон" футболчиси!
Fikrlar