Hojimat Erkinov oilaviy masalalar sabab Olimpiya terma jamoamiz tarkibiga kiritilmaganmi?
16 iyu 2024 12:07
Yangiliklar
Hojimat Erkinov oilaviy masalalar sabab Olimpiya terma jamoamiz tarkibiga kiritilmaganmi?
Bugun Toshkentda o'tkazilgan matbuot anjumanida bu borada malumot berildi. O'zbekiston futbol associaciyasi raisining birinchi o'rinbosari Ravshan Ermatov bu savolga javob berdi:
"U O'zbekiston uchun juda muhim futbolchi, u o'zbek futbolining kelajagi. SHaxsiy va oilaviy masala tashqariga chiqib ketganii afsuslanarli.
Savolga keladigan bo'lsak, Olimpiya o'yinlari uchun tarkib aniqlanganida hali bu mavzu ochilmagandi. Ko'rib turibsiz, hozir jamoada raqobat kuchli. Bir poziciyaga ikki futbolchini jalb eta olmaymiz va bu murabbiylarimiz uchun ham boshog'riq bo'ldi. Bunday raqobat bir tomondan biz uchun yoqimli. Bir zamonlar bo'lardi, u yoki bu poziciyaga biz futbolchi topa olmasdik va boshqa poziciya vakilini olib, muammoli nuqtani yopardik. Lekin hozir har bir nuqtada 2-3 nafar kuchli futbolchi bor, bu erda sog'lom raqobat asosiy omil bo'lgan edi.
Sog'lom raqobat asosida murabbiylarimiz tarkib tanlashdi", - dedi Ravshan Ermatov.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Италияга ютқазиб, иштирокини нимчорак финалда якунлади
Al Ain Cup. Ўзбекистон пенальтилар сериясида Эронни мағлуб этиб, турнир ғолибига айланди
ЖЧ саралаши. Португалия Роналдусиз рақиб дарвозасига 9 та тўп киритиб, мундиалга чиқди
"Шармандалик, бу шармандалик!"
Fikrlar