So’nggi yangiliklar

11:37Расман: "Динамо" буркина-фасолик футболчини таркибга қўшиб олди  1 11:05"Реал Мадрид" ПСЖ футболчисига 90 миллион евро беришга тайёр  0 10:41"Динамо"дан навбатдаги юриш. Жамоа Буркина-Фасо терма жамоаси футболчиси билан шартнома имзолади  2 10:19Марадонанинг йиртилган формаси кимошди савдосида жуда қимматга сотилди  3 09:51"Реал" футболчиси Саудияга кетмоқчи, бироқ унга ПСЖ жиддий қизиқмоқда  0 09:23"Манчестер Юнайтед" бош мураббийи клубнинг келажаги бўладиган футболчи ҳақида гапирди  0 08:55ESPN "Реал Мадрид"да Хаби Алонсо ўрнини эгаллаши мумкин бўлган асосий номзодни эълон қилди  3 08:30"Каттақўрғон" катта футбол учун дастлабки қадамларни ташлади  1 08:01Ўзбекистонлик футболчи Косово жамоаси билан шартнома имзолади  5 07:29Ўзбекистон МТЖ аъзоси "Андижон"га ўтишга яқин  15 00:30"Реал" ёзда Пасни "Комо"дан 9 млн еврога сотиб олишга қарор қилди. Нико қайта сотилмайди  0 23:41"Реал" Карвахалга ўринбосар топди  1 23:04Хаби Алонсо "Реал"дан учта юлдузни сотиб олишни сўради  5 22:15“Барселона” ва “Ювентус” “Борнмут” футболчисига қизиқмоқда  0 21:48"Арсенал" ҳимоячиси Салиба: "Мен АПЛни яхши кўраман, лекин асосий мақсадим — Чемпионлар лигаси"  1

Hojimat Erkinov: "Jikiya tomonidan menga nisbatan qoida buzish bor edi" Yangiliklar

Hojimat Erkinov: "Jikiya tomonidan menga nisbatan qoida buzish bor edi"

O'zbekiston – Rossiya (0:0) uchrashuvidan so'ng termamiz yarim himoyachisi Hojimat Erkinov fikrlarini bildirdi.

- Kuchli jamoaga qarshi o'yin haqida fikrlaringiz qanday?

- O'yin teng bo'ldi deb o'ylayman. Ko'p kurashlar bo'ldi, faqatgina gol etishmadi. Agar gollar bo'lganda, o'yin yorqinroq ko'rinardi.

- O'yin qo'proq maydon markazida kechdi, ikki jamoa ham to'p bilan asosan maydon o'rtasida harakat qildi. O'yinda havfli vaziyatlar ham kam bo'ldi. Buning sababi nimada?

- Rossiya terma jamoasi o'yinni beshta himoyachi bilan boshladi. SHuning  uchun ko'p kurashishga to'g'ri keldi. Raqiblarga ko'p vaziyat yaratishga yo'l qo'ymadik, bizda ham vaziyatlar kam bo'ldi. Fikrimcha, hech bir jihatda raqibga yutqazmadik. Fakatgina gollar etishmadi.

- Rossiya terma jamoasi himoyachilari ancha tajribali. Ular ishonchli o'yin namoyish etishdi. Raqiblar himoyasi bizning hujum chizig'imizga qanchalik qiyinchilik tug'dirdi?

- Zamonaviy futbolda yaxshi himoya chizig'i har bir kuchli terma jamoada mavjud. Rossiya terma jamoasida nafaqat himoyada, balki har bir chiziqda kuchli o'yinchilari bor. Rossiya ancha kuchli raqib deb o'ylayman.



- Georgiy Jikiya sizni yiqitgan vaziyatda, fol bormidi?

-Ha, 90 foiz fol bor edi. Hali vaziyat takrorini ko'rmadim, lekin qoida buzish bor edi.

Reyting: +15   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика