So’nggi yangiliklar

16:51Суперлига. "Сурхон" – "Шўртан". Таркиблар маълум  0 16:37U-17 Жаҳон чемпионати. Панамани олдин ҳам ютганмиз  0 16:14Ўзбекистон U-17 устози Исмоиловга водий жамоалари қизиқмоқда  5 15:53Мбаппе ва Винисиус ўртасидаги зиддият кучайиб бормоқда  3 15:32Ўзбекистон терма жамоасига бош ошпаз ва нутрициолог жалб этилди  1 15:16Нукус шаҳридаги "Турон" стадиони 2026 йилги мавсумга тайёр бўлади  2 15:00"Қизилқум" Дилшод Комиловга ўринбосарлар жамоаси машғулотларида қатнашишга рухсат берди  2 14:41Эшитдик-да! Қарши давлат университети Про лигада ўйнаши мумкин  6 14:28"Олимпик-MobiUz"ни ушлаб қолишдан фойда борми? Эртага "Олимпик" тақдири такрорланмайдими?  4 14:25"Реал" очко йўқотди, "Арсенал" ва "Бавария" сенсацион тарзда тўхтатилди, Италияда янги етакчи — Еврофутбол дайжести   0 14:00Расман: "Олимпик" Фарғонага боролмайди  2 13:41Ўзбекистон МТЖ Дубайга етиб борди  9 13:04Ўзбекистонлик ҳакамлар Франция ўйинида ишлайди  0 12:43Фабио Каннаваро штабида янгилик  12 12:23Эшитдик-да! "Олимпик" Пролига сўнгги тур ўйинига бормайди  9

Hindistonlik jurnalist: "Ko'pchilik Hindiston terma jamoasi darajasini bilmaydi" Yangiliklar

Hindistonlik jurnalist: "Ko'pchilik Hindiston terma jamoasi darajasini bilmaydi"

11 may kuni bo'lajak Osiyo kubogi final bosqichiga qura tashlandi.

Unga ko'ra, O'zbekiston terma jamoasi "B" guruhida Avstraliya, Suriya va Hindiston bilan o'ynaydigan bo'ldi. Championat.asia sayti hindistonlik taniqli jurnalist Zafar Ali Xon bilan bog'landi va qura natijalari bo'yicha fikrini so'radi. 

"Qatar maydonlarida bo'lib o'tadigan Osiyo kubogiga qura tashlandi. Qura natijalariga ko'ra Hindiston juda kuchli guruhdan joy oldi. Hindiston terma jamoasi bosh murabbiyi ham qiyin guruhga tushganimizni aytib o'tdi. Suriya, O'zbekiston, Avstraliya kabi raqiblarimiz FIFA reytingida bizdan ancha teparoqda. Biz hozir reytingda 101-o'rinni egallab turibmiz. 

Guruhimiz juda qiyin, Suriya bilan bo'lgan so'nggi uchrashuv 1:1 hisobida yakunlangan edi. Musobaqa vaqti terma jamoalar har xil o'yin namoyish etishadi kimdir yaxshiroq o'ynaydi, kimdir yomonroq. Bizning sardorimiz Sunil CHetri qarib bormoqda. U hind futbolida eng zo'rlaridan biri, lekin yoshi o'tishi bilan sekinlashib bormoqda. U 90 daqiqa o'ynay olishi ham aniq emas. Ko'p narsa qolgan futbolchilarga ham bog'liq bo'ladi. Anurid Tapa, Saxal Samad, Anvar Ali kabi futbolchilardan umidimiz katta. Hindiston Osiyo kubogida kurashishi kerak, lekin raqiblar juda kuchli. Biz qiyin holatdamiz. So'nggi marotaba Osiyo kubogida yaxshi ishtirok etganimizda, kumush medallarini qo'lga kiritgan edik, faqat u uzoq 1964 yilgi Osiyo kubogi edi. O'sha musobaqadan so'ng biz 1984 yili, 2011 va 2019 yillari ishtirok etdik. 1962 yilgi Osiyo o'yinlarida ham yaxshi ishtirok etgan edik va o'shanda g'olib bo'lganmiz. 

Osiyo futboli rivojlanib bormoqda va biz ushbu holatda rivojlanishdan to'xtab qolmasligimiz kerak. Hindinston terma jamoasi ko'p xalqaro musobaqalarda ishtirok etmagan va shu sabab ko'pchilik Hindiston darajasini bilmaydi. Ko'proq o'rtoqlik o'yinlarida ishtirok etishimiz kerak, o'shandagina biz xalqaro futboldagi darajamizni bilib olamiz. So'ngi o'rtoqlik o'yinimiz Qirg'iziston terma jamoasiga qarshi bo'lgan edi. CHetrining gollari evaziga g'alaba qozongan edik. Bizda guruhdan chiqish uchun kichik imkoniyatimiz bor va biz ushbu imkoniyatdan unumli foydalanishimiz kerak", - dedi Zafar Ali Xon.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика