Hikmat Ergashev: "Oldinda o'yinlar bor, hali hech narsa yo'qotmadik"
15 apr 2024 21:45
Yangiliklar
Hikmat Ergashev: "Oldinda o'yinlar bor, hali hech narsa yo'qotmadik"
O'zbekiston kubogining 1-turidan o'rin olgan OKMK - "Mashal" (0:1) uchrashuvidan so'ng mezbonlar murabbiyi Hikmat Ergashev matbuot anjumanida o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
" - Yaxshi uchrashuv bo'ldi. "Mashal" jamoasi himoyadan o'yin tashkil etdi. Raqib darvozasi tomon ko'plab hujumlar tashkil etdik, biroq gol ura olmadik. "Mashal" qarshi hujumda darvozamizga gol urib ketdi. O'zi umuman aytadigan bo'lsak, Superliga va Pro-liga jamoalari darajasi tenglashib borayapti.
Hali oldinda o'yinlar bor. Hozircha hech narsa yo'qotmadik. Navbatdagi uchrashuvlarda g'alaba qozonib, guruhdan chiqishga harakat qilamiz" - dedi OKMK katta murabbiyi.
championat.asia
Al Ain Cup. Остон Ўрунов порлаган оқшомда Ўзбекистон Мисрни мағлуб этди, финалда яна Эрон билан ўйнаймиз
U-17 Жаҳон чемпионати. Ўзбекистон U-17 терма жамоаси пенальтилар сериясида Хорватияни енгиб, кейинги босқичга йўл олди
ЖЧ саралаши. Португалия Роналдусиз рақиб дарвозасига 9 та тўп киритиб, мундиалга чиқди
Криштиану Роналду фаолиятида илк бор Португалия термаси сафида қизил карточка олди
Fikrlar