So’nggi yangiliklar

10:20АПЛнинг ХХI асрдаги энг яхши мураббийлар рейтинги тузиб чиқилди  1 09:47Тен Хагнинг ўрнига МЮни бошқариш учун асосий номзод маълум  4 09:10"Ман Сити" қишда Родрининг жароҳат олгани сабабли 60 миллионлик трансферни амалга оширади  0 08:35Суперлига. Барча даврларнинг энг яхши тўпурари ким? Черан 10-ўринга кўтарилиб олди  5 07:53Аббосбек Файзуллаев РПЛда тур рамзий жамоасидан ўрин олди  3 07:23Про лига. Бугун 22-турнинг сўнгги учрашуви бўлиб ўтади  1 01:17"Реал" Карвахаль ўрнига ҳимоячи сотиб оладими?  0 00:31Пол Скоулз: "Тен Хагнинг баҳоналари тугаб боряпти"  7 00:00"Олтин тўп" соҳиби Диего: "Беш ой олдин оёғимни операция қилдирдим. Ўзбекистонга келганимда, чап оёғимни ишлатолмасдим"  0 23:50"Шаҳарликлар" ҳужумга ўтди. "Манчестер Сити" АПЛда компенсация талаб қилмоқчи  1 23:28Марсель: "Олтин бутса"ни қўлга киритиш энг катта орзуларимдан бири эди. Бироқ ундан ҳам юқори мақсадим бор эди"  0 23:15Леандро Лино: "Жаҳон чемпионатигача жуда кўп меҳнат қилдик ва бу ўз самарасини берди"  0 22:58Алан Бранди: "Ҳакамлар ҳақида гапирмоқчи эмасман. Нима бўлганини ҳамма кўрди"  4 22:44"Манчестер Сити" судда АПЛни мағлуб этди  7 22:42Пабло Таборда: "Мағлубиятга қарамай, бошимизни баланд кўтарган ҳолда Ўзбекистонни тарк этамиз"  0

Hech bo'lmasa finalda hakamlar xato qilmas yoxud Majich final uchun loyiqmi? Yangiliklar

Hech bo'lmasa finalda hakamlar xato qilmas yoxud Majich final uchun loyiqmi?

Bugun UEFA matbuot xizmati ECHL finali bosh hakamini malum qildi.

Unga ko'ra, "Real" - "Liverpul" uchrashuvini serbiyalik Milorad Majich boshchiligidagi hakamlar brigadasi boshqaradi.

UEFA finallarga hakamlarni tayinladi

ECHLning bundan oldingi bosqichlarida, bir necha uchrashuvlarda hakamlar o'ta qo'pol xatolarga yo'l qo'yishdi. Bu natijaga tasir qildi yoki tasir qilmadi. To'g'ri, hakam - odam. Biroq butun dunyo nigohi aynan o'sha uchrashuvda bo'lib turgan paytda referilar xato qilishga haqqi yo'q. SHunday emasmi?!

Bir necha yillardan buyon o'zbek futbolidagi hakamlikda muammolar borligini bong urdik, Evropadan o'rnak olishimizni takidladik. Ammo, ko'xna qitaga ham ko'z tegdi chog'i, hakamlar qo'pol xatolarga yo'l qo'yishmoqda. Buning ortidan butun dunyoda ikki jamoaning muxlislari bir yoki bir necha holat borasida bir-birlari bilan janjallashishayotgani bor gap. Bunga jim qarab o'tira olmaymiz.

Kechagi "El Klasiko"da ham hakamlik saviyasi juda yomon bo'ldi. Messining golida jarima zarbasi, Marselo holatidagi penalti yoki  qizil kartochka borasidagi vaziyat, Beylning qo'polligi... Achinarlisi, bir necha qarorlar natijaga jiddiy tasir o'tkazdi. Yaxshi hamki, bu uchrashuv chempionlik uchun kurash yo'lida emasdi. Tasavvur qiling, ushbu bahs g'olibi LaLiga chempioni bo'lsa, ayni damda muxlislar qanday holatda bo'lardi? Menimcha, bir-birining "go'shtini eyishardi". Lekin unutmang, bu "El Klasiko". PepMour davridan keyin jangovorlikni biroz yo'qotgandek ko'ringandi. Ammo kecha biz yana o'sha davrlarni esladik. Biroq butun dunyo hakamlikni hali ham muhokama qilmoqda.

El-klasikoda ham hakamlar xato qildi

ECHL finali yaqinlashmoqda. "Real" finallarda qanday g'olib bo'lishni, "Liverpul" esa mag'lubiyatga uchrashni yaxshi biladi. Ammo 25 may kuni dahshatli bahs bo'ladi. Ikki jamoada ham hujumkor futbolchilar etarli. Biroq ko'ngil hijil. Hakamlik o'zini salbiy tomondan ko'rsatsa-yu, bu natijaga tasir qilsa finaldagi g'olib jamoa bir necha oylar davomida raqib klub muxlislari tomonidan tanqid qilinaveriladi. Xo'sh, Milorad Majich finalni boshqarish uchun loyiqmi?

1973 yilning 23 martida tug'ilgan Milorad 2009 yildan boshlab FIFA xalqaro hakami bo'lib, ECHLda 2011 yildan buyon ishlamoqda. U ilk jiddiy bahsini 2012 yilda boshqardi. Unda PSJ - "Valensiya" jamoalari o'zaro to'qnash keldi va 1:1 hisobidagi durang qayd etildi. Etiborlisi, o'sha bahsda u 6 bora sariq kartochka ko'rsatgan. Keyinchalik u ECHL va Evropa ligasining bir necha yarim finallari va boshqa bir necha muhim bahslarida adolat-la ishladi.


2014 yilda esa Evropa ligasi finalini boshqardi. "Sevilya" - "Benfika" jamoalari o'yini g'olibi penaltilar seriyasida aniqlandi.

O'tgan mavsumda esa "Real"ning ECHL finalidagi tarixiy g'alabasi qayd etilgan uchrashuvda to'rtinchi hakam bo'ldi. Ko'rib turganingizdek, u ko'p bora yarim finallarda ishlagan bo'lsa-da, bir martagina Evropa ligasi finalini boshqargan xolos. Bo'lajak final u uchun birinchisi emas va oxirgisi ham. Demak, u finalni boshqarishga loyiq inson. Majich - o'ta tajribali, yuqori malakali, iqtidorli hakam. U muhim bahslarda o'zini yo'qotib qo'ymaydi va kelgusida ham shunday bo'lib qoladi.

Albatta, so'nggi yillarda uning ism-familiyasini Aytekin yoki Atkinson kabi tilga olishmayapti. 25 maydan keyin ham shunday bo'lishini istaymiz. Milorad Majichni yomon xayol bilan eslamaylik. Nima bo'lsa ham, g'olib jamoa toza yutsin va hech kim g'oliblarni muhokama qilmasin. Olg'a, hakamlar! 

PS: (Oxiri baxayr bo'lsin)

Muallif : Mirjalol Normatov
Reyting: -17   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика