Harri Keyn: "Biz butun o'yin davomida ustunlik qildik"
08 noy 2024 11:37
Yangiliklar
Harri Keyn: "Biz butun o'yin davomida ustunlik qildik"
"Bavariya" hujumchisi Harri Keyn jamoasining CHempionlar Ligasida "Benfika" ustidan qozongan g'alabasi (1:0) haqida fikr bildirdi.
Angliyalik futbolchi "Bavariya" deyarli butun o'yin davomida to'liq ustunlik qilganini takidladi.
"Biz o'yinni nazorat qildik, raqib jiddiy muammo tug'dirmadi. G'alaba qozonganimiz muhim, ammo hujumlarning yakuniy bosqichlarida bizga biroz ishonch etishmadi. Imkoniyatlar ko'p edi, lekin ikkinchi yoki uchinchi golni urishga qiynaldik".
SHuningdek, u tig'iz taqvimda jamoa o'ziga ishongan holda to'p tepganini aytdi.
"Qisqa vaqt ichida juda ko'p o'yin o'tkazdik, shunda ham ustunlik qilganimiz juda yoqimli bo'ldi".

Qo'shimchasiga Keyn Jamol Musialani o'yindagi yagona goli uchun maqtadi.
"Musiala kerakli joyda paydo bo'lib, haqli ravishda to'p kiritdi. Bu uning mehnatlarining natijasi".
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Тимур Кападзе дунёнинг энг кучли мураббийлари орасида кучли ўнликка кирди!
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
Роналду кетма-кет учинчи марта Яқин Шарқда йилнинг энг яхши футболчиси бўлди
Fikrlar