So’nggi yangiliklar

15:45Жаҳон чемпионатигача: Бентуда терма жамоани тайёрлаш учун қанча вақт бўлади?  12 15:23Ўзбекистон кубоги. "Динамо" ярим финалга чиққан ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  1 15:10"Манчестер Сити" ҳимоячиси фаолиятини "Милан"да давом эттиради  1 14:44Бенту бошқарган терма жамоалар мундиалларда нима каромат кўрсатган?  22 14:23Нкунку фаолиятини А Серияда давом эттиради (Фабрицио Романо)  7 14:15"Арсенал" яна бир трансфер бўйича келишувга эришди  0 14:06CAFA NATIONS CUP-2025 мусобақаси бошланмоқда. Эртага ўйинолди матбуот анжуманлари ва расмий машғулотлар бўлиб ўтади  4 13:45Бенту Ўзбекистон терма жамоаси тарихидаги 10-хорижлик мураббий бўлади. Аввалги ҳамкасблари қандай натижа кўрсатган?   33 13:03Бугун ЕЧЛга қуръа ташланади. Олма-отага кимлар келади?  7 12:43Конференциялар лигаси саралаши. Бугун Файзуллаев ва Шомуродов жамоаси жавоб учрашувида майдонга чиқади  5 11:34Эшитдик-да! Тимур Кападзе "Пахтакор" бош мураббийи бўлиши мумкин  68 10:48ПСЖ ва "Ювентус" ўзаро келишувга эришди  0 10:23"Челси" 24 йиллик анаънадан воз кечади  7 09:56Икич Фране: "Жамоамиз бу ўйинда ғалаба қозонишга ҳақли эди"  2 09:27Германия терма жамоасининг сентябрдаги ўйинлар учун чақирилган футболчилари маълум  6

Hammasi o'rtamiyona, O'FAdan PFLgacha, futbolchidan murabbiygacha, sayt ham… Yangiliklar

Hammasi o'rtamiyona, O'FAdan PFLgacha, futbolchidan murabbiygacha, sayt ham…

Kecha qiziq kun bo'ldi. CHempionatning eng muhim o'yini turgan bir paytda ("Qizilqum" - "Navbahor"), istalgan xorij kanalidan ko'rib olish imkoniyati bo'lgan "Milan" - "Fiorentina" uchrashuvi "Sport TV" tomonidan asosiy mavzu sifatida tanlandi.

Boshqa payt "Dunyo bo'ylab", "Mahalla" kabi kanallardan foydalangan kanal bu safar nima uchundir o'yinni faqat Namangan uchun ko'rsatib berdi. Qo'shni saytda esa boplab kanal direktori Zohid Karimovning og'zini bo'rttirib, "Sport" TV o'zbek sportining bamisoli Robin Gudi ekanligini aytgan gaplarini chiqarib yubordi.

Zohid Karimov bir gapni to'g'ri aytgan tashkilot oldida daromad qilish asosiy vazifa emas. Reklamadan pul ishlasa-ishlamasa ularning moliyalashtiradigan manbasi bor. Ularning asosiy vazifasi - O'zbekiston sportini yoritishmi, demak hech qanday ligalarni ichki chempionatga almashtirishi kerak emas. Haqqi yo'q. Italiya hukumati oldida majburiyati ham yo'q. Ularga o'yinni qaysi kunga belgilash shartini qo'yish uchun, ancha qovun pishig'i bor. Avval translyaciyani sotib olsin, sotib olishga kuchi etmasa, bu davlatning kanali, davlat musobaqasi mana shu kanalda efirga ketishi kerak degan monopol fikrlashni bas qilsin. Ana katta sahna, "Futbol tv" bor, "UzReport" bor, bahsda yutib chiqib raqobat qilsin.

Bu tanlov anchadan beri O'zbekiston chempionati o'yinlarini nima uchun begim kunlariga qo'yayotganini ayta olmayotgan PFLga qo'l keldi. Nima emish, O'zbekiston chempionati kuchli beshlikka raqobat qila olmas ekan. To'g'ri, bu gapga million foiz qo'shilamiz. Lekin PFL uchun o'zining birinchi raqamli chempionati hamma narsadan ustun bo'lishi kerak. O'zbekiston chempionati 50 yilda ham kuchli beshlikka yaqinlasha olmaydi, demak PFL keyingi 50 yilda ham shunday fikr qilsa, biz faqat begim kunlari tur o'yinlarini o'tkazib yuraveramiz.

O'yinlarni shanba va yakshanbaga o'tkazish orqali minglab muxlislarni stadionda kutmaymiz. CHunki bu sifat bilan muxlislarni jalb qilish qiyin. Lekin hech bo'lmasa muxlislar dam olish kunlari TV qarshisida o'yinni ko'rish va keyin o'ziga yoqqan taqdirda stadionga kelishi mumkin bo'ladi. Ish kunida buning iloji yo'qligini hammamiz yaxshi bilamiz. Kecha saytimizda tashkil qilingan so'rovnomada begim kunlari 5 % ham ovoz to'play olmagani, barcha gapimizning isboti.




So'nggi yillarda tan olasizmi-yo'qmi, hamma narasa o'rtamiyonaga aylanib bo'ldi. "Intriga" bo'lyapti deb aytayotgan ligamiz, tepadagilarning pastdagilar bilan bir xil saviyaga tushib qolishi natijasi, pasdagilarning yuqorilagani emas. OCHLda Malayziya va Gonkong klublari keyingi bosqichga chiqqan bir paytda biz bir amallab bitta jamoa bilan 1/8 finalga o'tdik. CHunki bizda hamma narsa o'rtamiyona. Ligamiz ham, kanalimiz ham, O'FAdagi boshqaruv tizimi ham, futbolchi-yu, murabbiylar ham o'rtamiyona. Qizig'i, championat.asia ham ulardan ortiq emas, biz ham o'rtamiyonalar ichida, o'rtamiyonaga aylanib bo'ldik. O'rtamiyonalar ichida bu erda faqat men zo'rman deguvchilar, chuchvarani xom sanabsiz.

Hurmat bilan, Milanjon Fiorentin o'g'li.

Reyting: +36   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика