So’nggi yangiliklar

01:50Дерби олдидан "Манчестер Сити"нинг 4 футболчиси сафга қайтди  2 01:08Жанлуижжи Доннарумма: "Пеп мени жамоасида кўришни истаётганини айтди. Бу мени ғурурлантирди"  1 00:46Расман: Онана - "Трабзонспор" дарвозабони!  18 00:15"Вест Хэм" дербидан олдин мухлисларга тақиқ қўйди  0 23:44Доннарумма "Манчестер Сити"да қайси рақамда ўйнайди?  1 23:29"Реал" "Ливерпуль" марказий ҳимоячисини текинга қўлга киритмоқчи  0 22:57"Атлетик" "Ал Насср" футболчисини рўйхатдан ўтказди  0 22:32УЕФА 2026/27 мавсумидаги еврокубоклар финаллари ўтадиган стадионларни эълон қилди  2 22:16Отабек Нарзуллаев: "Бу мавсум давомидаги энг муҳим учрашувлардан бири бўлди"  0 21:45Элдор Мойлиев: "Футболда ютган жамоага юқори баҳо қўйилади"  2 21:18"Бунёдкор" стадионини ўз ҳолатига қайтариш ишлари бошланди  22 20:49Рональдиньонинг ўғли Чемпионшип жамоасида ўйнайди  6 20:22Суперлига. "Машъал" Ғузорда "Шўртан"дан устун келди  7 19:53Виктор Гёкереш – Португалия чемпионатида мавсумнинг энг яхши футболчиси  0 19:24"Арсенал" икки етакчиси билан шартномани узайтирмоқчи  3

Hamidjon Aktamov: “Baribir mahorat o'z so'zini aytdi” Yangiliklar

Hamidjon Aktamov: “Baribir mahorat o'z so'zini aytdi”

“Qizilqum” - “Nasaf” uchrashuvidan so'ng o'tgan matbuot anjumani ikkinchi qismida mezbonlar bosh menejeri Hamidjon Aktamov jurnalistlar qiziqtirgan savollarga javob qaytardi.

-  “Nasaf” tajriba va mahorat bobida chempionatimiz etakchilaridan sanaladi, - dedi Hamidjon G'ulomovich. - Bugun jamoamiz ularga qarshi yomon o'yin namoyish etishmadi. Tan olish kerak, “Nasaf” tarkibi oxirgi to'rt-besh yilda deyarli o'zgarishlarsiz maydonga tushib kelmoqda. Bugun yigitlarimizda g'alaba uchun ishtiyoq nechog'li yuqori bo'lmasin, yakunda baribir tajriba o'z so'zini aytdi. SHunga qaramay, jamoamizni uyushqoqlik bilan qo'llab-quvvatlab turgan ko'psonli muxlislarimizga rahmat aytaman.

-  Afsuski, oxirgi uchrashuvlarda ayrim o'yinchilarimizdagi jarohatlar tarkibda muammo keltirib chiqarmoqda. SHu bois, chempionat to'purari Bahriddin Vahobovni zaxirada qoldirishga majbur bo'ldik. Biroq uning ikkinchi bo'limda maydonga tushirilishi jamoamiz o'yinini kuchaytirdi. Jarohatdan so'ng, yarim himoyachimiz Farruh Haydarovning ham bugun o'yinga kirishib ketishi qiyin bo'ldi.

-  Garchi, bugun natijadan qoniqmagan bo'lsam-da, jamoamiz o'yinidan ko'nglim to'ldi. Yigitlarga rahmat aytaman. Kelgusi turlarda ochko yo'qotishga haqqimiz yo'q. Keyingi turda Andijonga safar qilamiz. Unda albatta muxlislarimizni xursand qilish uchun bor kuch-imkoniyatimizni ishga solamiz.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика