So’nggi yangiliklar

09:40"У яқин кунларда келишини эшитдим. Барчаси душанба куни ҳал бўлади" — МТЖ мураббийи Каннаваро ҳақида  2 09:16Каннаваро Ўзбекистон терма жамоасида Европанинг кучли терма жамоалари мураббийларидан кўра кўпроқ маош олади  12 08:30Клейди Даци: "Биз учун энг муҳим нарса - кўпроқ очко тўплаш"  0 08:02Суперлига. Бугун 3 та учрашув бор  2 07:32Постекоглуга сўнгги имконият берилди  4 07:10Суперлига. ОКМК – "Қўқон-1912" 0:1   1 01:33"Спорт-Экспресс": Каннаваро Ўзбекистон терма жамоасида Дешамдан кўп маош олади  48 01:00Аргентина термасининг октябрь ойидаги ўртоқлик ўйинлари учун қайдномаси эълон қилинди  2 00:36Англияда рекорд ўрнатган мураббий МЮни текинга бошқаришга тайёр  3 00:17Франческо Тотти: "Фақатгина "Рома" бунга қодир бўлса керак"  1 23:48Никки Батт: "Манчестер Юнайтед"даги ҳолатни Пеп ва Клопп ҳам ўнглай олмайди"  3 23:26ЛаЛиганинг сентябрь ойидаги энг яхши футболчиси эълон қилинди  2 23:05Суперлига. "Хоразм" – "Навбаҳор" 1:1  0 22:53Миржалол Қосимов: "Бугун тўп билан муомала қила олмадик"  2 22:26Баҳром Ҳайдаров: "ОКМКдек жамоани ютиш биз учун катта шараф"  3

"Halollik deklaraciyasi" - nima u? Yangiliklar

"Halollik deklaraciyasi" - nima u?

Xabaringiz bor, O'FF qoshida "Kelishilgan o'yinlarga qarshi kurashish" qo'mitasi tuzilgan.

Ahrol Inoyatov rahbarlik qilayotgan mazkur qo'mita o'zbek futbolidagi kelishilgan o'yinlarga qarshi kurashish bilan shug'ullanadi. Aytish kerak, qo'mita nafaqat futbolimizdagi shaffoflikni saqlash uchun harakat qilmoqda, balki uni tartibga solish bo'yicha ham keng ko'lamdagi ishlarni amalga oshirmoqda. Yani, uchrashuvlarni kelishuvgacha etib bormasidan avval oldi olinmoqda. Ikki yildan buyon oliy liga klublarining azolari "Halollik deklaraciyasi"ga imzo chekmoqda. PFL o'zi ishlab chiqqan Reglamentga bu imzosiz jamoa azolariga chempionatda ishtirok etish huquqini beruvchi licenziyani berilmasligini ham kiritgan. Bir sahifadan iborat mazkur deklaraciyasida nimalar yozilgani ko'pchilikni qiziqtirishi tabiiy. Biz bugun shu haqida malumot beramiz.

Yuqorida takidlaganimizdek, oliy liga klublari o'z azolarini (rahbariyat, murabbiylar, futbolchilar, xodimlar) yangi mavsum uchun PFLdan ro'yxatdan o'tish jarayonida mazkur deklaraciyaga imzo chekishi shart. Qolaversa, imzo chekuvlar orasida hakamlar, assistentlar, nazoratchilar ham bor. Deklaraciyasining eng yuqori qismiga imzo chekayotgan insonning ismi-sharifi, pasport malumoti, tug'ilgan sanasi va joyi, millati, lavozimi hamda telefon raqami yozishi uchun joy ajratilgan. Keyin imzo chekuvchilarning majburiyatlari yozilgan. Majburiyatlar quyidagilardan iborat:

- Rasmiy sport musobaqalarining, jumladan, futbol bilan bog'liq bukmekerlik idorasining totalizatorlar bo'yicha faoliyatiga aralashmaslik;   

- Uchrashuvlarning natijasiga bevosita va bilvosita tasir o'tkazish. Yani, sotib olishga harakat qilish yoki qo'rqitish;

- Sotib olishga harakat yoki normativ sport hujjatlariga qarshi noqonuniy faoliyatlar bo'yicha malumot berishga majbur. Malumot bergan insonlarning ism-sharifi sir saqlanishini O'FF kafolatlaydi;

- Barcha tekshiruvlar bo'yicha malumot olishda hamkorlik qilish, yordam berish;

- Deklaraciyasidagi barcha talablar FIFA va OFK Nizomiga, O'FF Reglamentiga, O'FF Ekspertlar qo'mitasi Nizomiga, O'FF Tartib-intizom kodeksiga to'g'ri kelishi bilan tanishib chiqqach, buni imzo orqali tasdiqlaydi.

SHundan so'ng, ism-sharif, muddati yoziladi, imzo va muhr qo'yiladi.

Deklaraciyaning so'nggi qismida eslatmalar berilgan:

- Rasmiy o'yinlarda natijaga bevosita va bilvosita tasir o'tkazgan, yani, sportchilar, xususan, hakamlar, murabbiylar, klub rahbarlari yoki boshqa rasmiy shaxslar bu borada o'zlari malumot berishsa, javobgarlikdan ozod bo'lishadi.

- Mazkur deklaraciyaga imzo chekmagan futbolchilar, murabbiylar, klub rahbarlari, hakamlar, nazoratchilar, O'zPFL vakili O'zbekiston miqiyosidagi rasmiy futbol musobaqalariga qo'yilmaydi.

Furqatbek NISHONOV

Reyting: -36   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика