So’nggi yangiliklar

22:17Рўзиқул Бердиев: "Ҳаммага раҳмат, бошқа гапим йўқ"  24 22:00ЖЧ U-17. Ирландия — Ўзбекистон (Матнли трансляция)  84 21:51Ўзбекистон терма жамоасининг ноябрь ойидаги йиғинига жалб этилган футболчилар рўйхати эълон қилинди  16 21:43Илёс Зейтуллаев: "Чемпионат охирига келдик, жамоамизда толиқиш бор"  0 21:25Суперлига. "Қўқон-1912" – "Пахтакор" 0:0  0 21:20"Сандерленд" — "Арсенал". Таркиблар маълум  2 21:16"Атлетико" — "Леванте". Таркиблар маълум  1 21:01Вадим Абрамов: "Самарқанддаги мағлубият аламини олдик"  4 20:31Баҳром Ҳайдаров: "Ҳозирги кунда бир очко ҳам биз учун қадрли"  3 20:12Суперлига. Чемпионлик учун курашаётган "Насаф" ўз майдонида "Машъал"га мағлуб бўлди  176 20:00АПЛ. "Тоттенхэм" ва "Манчестер Юнайтед" ўртасидаги ўйинда тўртта гол урилди  20 19:48Камолиддин Тожиев: "Умид ҳеч қачон сўнмайди"  18 19:17Суперлига. "Ризеспор" меҳмонда дуранг ўйнади, Алиқулов захирадан ўйинга қўшилди  0 19:09Ўзбекистон U-15 терма жамоаси Корея Республикасига қарши иккинчи ўртоқлик баҳсида мағлубиятга учради  3 18:50Суперлига. "Динамо" "Бунёдкор" майдонида ғалабага эришди  23

Hakim Fuzaylov: "Superligada hech kimga oson emas" Yangiliklar

Hakim Fuzaylov: "Superligada hech kimga oson emas"

"Buxoro" bosh murabbiyi Hakim Fuzaylov Superliganing birinchi turidan o'rin olgan "Turon" (2:1)ga qarshi uchrashuvdan so'ng fikrlarini bildirib o'tdi.

CHempionat start oldi. Bilasiz, "Buxoro" avvalgi ikki mavsumda Superligada qatnashmadi. Birinchi o'yin safarda "Turon"ga qarshi qiyin kechishi aniq edi. Umuman hech kimga oson emas. O'yinga to'xtalsam, yaxshi boshladik, gol urdik. Ikkinchi bo'limda xotirjamlikka berildik. CHetlatishga qaramay yigitlar borlarini berishdi. Xatolar bor albatta. Muhim uch ochkoni ishlab oldik. Futbolchilarga rahmat aytib qolaman",- deydi Hakim Fuzaylov


-  "Turon"  "Buxoro" uchun tanish raqib. O'tgan yili Pro ligada to'rt marotaba to'qnash keldinglar. Aynan shu omil g'alabaga tasir qildimi?

- Unchalik demagan bo'lardim. Ikki jamoada bir qator yangilanishlar bo'ldi. Yangi futbolchilar bor. Ochig'i "Turon" ko'proq futbolchi qo'shib oldi. Biz o'z o'yinimizni ko'rsatdik. Hozir bahor va mavsum boshlanishi. Superligada kuchli jamoalar ko'p.  SHu bois har bir o'yin bugungidek qiyin o'tadi. 

- Aleksandar Stanisavlevichning zaxiradan maydonga tushishi kutilmagan bo'ldi...

- U sonidan jarohat oldi. Uzoq vaqt davolandi. Hali funkcional tayyor emas. Biroz vaqt zarur. Aleksandarni bizdan tashqari ham o'zida ko'radigan jamoalar bor edi. Bunday futbolchi jamoamizga kelganidan xursandmiz. Funkcional tayyor bo'lganidan so'ng sekin-asta tarkibga qo'shib boramiz.

- Fayzullobek Jumanqo'zievning qizil kartochkasiga munosabatingiz?

- Bu - futbol. O'sha vaziyatda hakamlar adolatli qaror qabul qildi. Qoida buzilgandi.

- "Buxoro" oldiga qanday maqsad qo'yilgan?

- Birinchi o'rinda tomoshabinlarni o'z o'yinimiz bilan stadionga qaytarish. Yaxshi o'yin ortidan natija ham keladi.

Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика