So’nggi yangiliklar

21:00Al Ain Cup. Ўзбекистон - Эрон (матнли трансляция)  31 20:59Криштиану Роналду Дональд Трамп билан учрашади  0 20:33Асилбек Алиев Осиё кубогига борса, бир нечта ўйинни ўтказиб юборади  16 19:25U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Италияга ютқазиб, иштирокини нимчорак финалда якунлади  392 19:13Рейндерс: "Мен ЖЧ-2022ни диванда томоша қилганман. Бу сафар бутунлай бошқача бўлиши аниқ"  0 18:48Ўзбекистон U-23 терма жамоаси Хитой билан муроса кўчасини танлади  7 18:20U-17 Жаҳон чемпионати. Ўзбекистон 1/4 финалга чиқса, тўпурарларимиздан бири майдонга туша олмайди  8 18:04Расмий хабар: "Андижон" Максим Шацких билан хайрлашди  35 17:33Трамп: "ЖЧ-2026 мисли кўрилмаган даражада муваффақиятли ўтиши учун барча нарсани ишга солиш ҳақида кўрсатма бердим"  1 16:55Украиналик сўконғич мураббий қирғиз клубидан бўшатилди  5 16:07АПЛ клуби Левандовскига шартнома таклиф қилди  7 15:38"Бавария" футболчиси жароҳатдан фориғ бўлди  2 15:11"Манчестер Юнайтед" ҳужумчиси 1 ойни майдон ташқарисида ўтказади  1 14:39"Насаф" "Динамо" етакчисига даъвогарлик қилмоқда  18 14:17"Динамо" назорат ўйинида 7:0 ҳисобида ютди  1

Hakim Fuzaylov: "Hali ketma-ket ochko qo'lga kiritiladigan o'yinlar keladi" Yangiliklar

Hakim Fuzaylov: "Hali ketma-ket ochko qo'lga kiritiladigan o'yinlar keladi"

Pro liganing 11-turidan o'rin olgan "Xorazm" - "Qo'qon-1912" (0:0) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Hakim Fuzaylov o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

O'yin haqida

- Ko'p jarohat va chetlatishlarga qaramasdan bugun yomon o'yin ko'rsatmadik. Yigitlar oxirgi daqiqalarga qadar g'alaba uchun kurashishdi. Qaerdadir ozroq etishmayotgan jihatlarimiz bor. Tarkibimizda yaxshi futbolchilar jam bo'lishgan. Birinchi davra mobaynida biz hammaning imkoniyatlarini chamalab olishni maqsad qilganmiz. Ishlashda davom etsak, hali oldinlar ketma-ket ochkolar qo'lga kiritiladigan o'yinlar ham keladi.

- Vaziyatlardan foydalana olmaslik kabi holatlar ko'zga tashlanayapti. Hujumchilarning o'yinlariga qanday baho berasiz?

- Hujumchilarda tajriba etishmayapti. Mo'min Melievda tajriba bor, biroq u hozir jarohat olgan. Maydonga tushayotgan yosh hujumchilarda etarlicha tajriba yo'qligi yaqqol ko'zga tashlanib qolayapti. 

- Bobur Qosimovning jarohati qanchalik jiddiy?

- Bobur Qosimovning jarohati haqida hozir biron gap aytish qiyin. Buni tahlil qilamiz. Bir necha kundan so'ng uning jarohati haqida aniq fikr aytish mumkin bo'ladi.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика