Hakamlar "Dinamo"ni "sindirishdimi?" "Paxtakor" darvozabonini chetlatish kerakmidi? Hakamlik bo'yicha rossiyalik ekspertimiz bunga javob beradi
05 mar 15:00
Yangiliklar
Hakamlar "Dinamo"ni "sindirishdimi?" "Paxtakor" darvozabonini chetlatish kerakmidi? Hakamlik bo'yicha rossiyalik ekspertimiz bunga javob beradi
Mana uchinchi mavsumdirki Superliga o'yinlaridagi hakamlik qarorlarini Championat.Asia uchun eksklyuziv tarzda rossiyalik sobiq hakam, hozirda hakamlik bo'yicha ekspert ("Alyo, ref!" telegram kanali) Anatoliy Sinyaev tahlil qilmoqda.
Bugun Superliga 2024 yilgi mavsum ilk turida hakamlarimizning xato yo'l qo'ygan yoki qo'ymaganligini bilib olamiz.
✅ "Navbahor" – "Dinamo"
Hakamning ushbu vaziyatda penalti bermaslik qaroriga qo'shilaman. "Dinamo" o'yinchisi to'pni o'zidan juda ham uzoqlashtirib yubormoqda va "Navbahor" o'yinchisining qo'ygan oyog'iga intilgan holda raqib bilan kontakt izlamoqda. Bundan tashqari, kontakt ro'y berishi uchun o'zining chap oyog'ini "qo'ymoqda". Himoyachi to'pni olib qo'yish chog'ida to'pga o'ynagan bo'lishi ham mumkin.
✅ "Navbahor" – "Dinamo"
"Navbahor"ning 6-raqamli o'yinchisi qolib ketgandi, bu hatto chiziqsiz ham ko'rinib turibdi. Katta ehtimol bilan o'yinchilar bitta chiziqda edi yoki hatto himoyachi o'z darvozasiga biroz yaqin edi. Bunday holatda assistent hujum foydasiga qaror chiqaradi, VAR esa assistentning qarorini qo'llab-quvvatlaydi. Hakam vaziyatni to'g'ri tahlil qildi.
✅ "Navbahor" – "Dinamo"
"Navbahor" o'yinchisi qoidani buzmagan holda to'pga qarab harakatlanmoqda. "Dinamo" himoyachisi penalti bilan jazolanishga loyiq ushlab qolishni amalga oshirmoqda. VARning aralashuvi va hakamning to'g'ri yakuniy qarori. SHuningdek qayd etish kerakki, hakam maydonda bunday vaziyatlarni aniqlashi juda qiyin: u yuqoridan uzatma ijro etgan o'yinchi va to'p qo'liga tegmasligi uchun yaqin himoyachiga etiborni qaratadi. U jarima maydonchasi ichida poziciya uchun ko'rayotgan o'yinchini faqatgina periferik tarzda ko'radi. Aynan shunday holatlarda VAR kerak.
✅ "Nasaf" – "Olimpik"
Birinchidan, bunday chiziqlar bilan maydonda futbol o'ynash imkonsiz. Kamera orqali qaerda qoida buzilish bo'lganini aniqlashning iloji yo'q. Balki hakam chiziqni yaxshiroq ko'rgandir, shuningdek assistent ham bunday holatda yordam berishi kerak.
To'p "Nasaf" o'yinchisining nazorati ostida emasdi, hujumchi darvoza markazi bo'ylab yugurmayapti, "Olimpik" himoyachisi esa sherigining o'rnini to'ldirmoqda. To'g'ri qaror esa istiqbolli hujumni buzgani uchun himoyachiga sariq kartochka berish, bu uning uchun ikkinchisi bo'ladi. Ammo, oldin aytganimdek, folning qaerda bo'lganini bilish imkonsiz (jarima maydonchasi yoki uning tashqarisida).
✅ "Bunyodkor" – "Qizilqum"
Assistentning qo'rqmasdan qaror qabul qilganidan boshlaymiz: u "nozik" joyda hujum foydasiga o'yinni davom ettirdi va ofsayd qayd etmadi.
Ushbu takrordan "Qizilqum" darvozabonining to'p uchun o'ynagan yoki o'ynamagani ko'rinmagan. Ammo, ikkilamchi belgilar (to'p hujumchining tegishidan so'ng tezlashmadi va sekinlashdi)ga ko'ra hakamni qo'llab-quvvatlash kerak. To'pning sekinlashishi ko'proq darvozabonning to'p uchun o'ynaganiga ishora qiladi, shundan so'ng esa jazolanmaydigan muqarrar kontakt yuz berdi. Hakamlar epizodni to'g'ri tahlil qilishdi.
✅ "Bunyodkor" – "Qizilqum"
Hakamning so'zsiz to'g'ri qarori: "Bunyodkor" himoyachisi qo'llar pastga bo'lishi va maksimal darajada tanaga yopishishi uchun bukildi. Bunday holatda o'yinni davom ettirish kerak, sababi qo'l tabiiy holatda turibdi.
✅ OKMK – "Andijan"
"Andijon" himoyachisidan qattiq, ammo to'pning toza olib qo'yilishi. Oyoq bilan tashlanish to'g'ri holatda bajarildi: yondan, bitta oyoq bilan, ammo ko'tarilmagan. Hakamlarning o'yinni davom ettirish bo'yicha to'g'ri qarori.
✅ "Lokomotiv" – "Metallurg"
Hakamning ushbu qaroriga qo'shilish kerak. Bu erda sariq kartochkaning o'zi etarli. Sabablar: "Lokomotiv" o'yinchisi to'pga o'ynashni xohlagandi, kontakt paytida uning va raqibning oyog'i "og'irlikda" edi (tayanch emas). "Qizil kartochka soyasi bor bo'lgan" oddiy sariq kartochka, ammo ko'proq sariqqa yaqin. SHu bilan birga, VAR hakamning har qanday qarorida aralashishi kerakmas.
❓ "Lokomotiv" – "Metallurg"
VARning noaniq aralashuvi. Ha, to'p "Lokomotiv" himoyachisining qo'liga tekkani tushunarli, ammo bu to'pga muvaffaqiyatsiz o'ynagan himoyachining texnik braki sabab sodir bo'lmoqda.
Bunday hollarda to'pning qo'lga tegishi qoida buzilish hisoblanmaydi. Bahsli vaziyat, VARning o'rnida hakamning maydonda boshidanoq qabul qilgan har qanday qarorini qo'llab-quvvatlagan bo'lardim.
✅ "Surxon" – "Paxtakor"
Hakam vaziyatga to'g'ri baho berdi: "Paxtakor" darvozaboni to'pga o'ynadi, shundan so'ng o'yinchilar orasida muqarrar kontakt ro'y berdi. To'p hattoki darvozabonning qo'liga tekkan bo'lsa ham u tanaga yopishgan holda tabiiy holatda turibdi.
✅ "Surxon" – "Paxtakor"
VARning tushunarsiz aralashuvi. O'yinchilar orasida o'zaro kontakt ro'y berdi, shundan so'ng "Paxtakor"ning yiqilgan o'yinchisi turishga intildi, bu esa uning holati uchun tabiiy. "Surxon" hujumchisi esa yotgan o'yinchiga urilib yiqildi.
VARning aralashuvi uchun yaqqol asoslarni ko'rmayapman. Hakamga esa ilk qarorini o'z kuchida qoldirgani uchun qoyil.
❓ "Surxon" – "Paxtakor"
Katta ehtimol bilan "Surxon" o'yinchisida o'yindan tashqari holat yo'q edi. Takroriy vaziyat paytida jarima maydonchasi ichidagi o'yinchilarning tanalari joylashuvi bo'yicha bahslashsa bo'ladi. Ammo, bunday holatlarda chiziladigan ofsayd chizig'isiz assistent tomonidan yaqqol xato qilinganini isbot qilib bo'lmaydi.
SHunday ekan, Superliga hakamlari 12ta epizodda birorta ham qo'pol xatoga yo'l qo'yishmadi. Faqatgina ikki vaziyatda ("Lokomotiv" darvozasiga belgilangan penalti va "Surxon"ning hisobga olinmagan goli) qaror bahsli edi. SHuningdek, "Nasaf" – "Olimpik" o'yinidagi qoida buzilish joyi savollar tug'dirmoqda.
Fikrlar