So’nggi yangiliklar

12:57"Интер" ўз футболчисини "Челси"га қўйиб юбормади  0 12:25Рабьо ва Роу кийиниш хонасидаги жанжал туфайли "Марсель" машғулотларидан четлаштирилди  0 11:56Варди рафиқаси орзу қилган трансферни амалга ошириши мумкин  0 11:27Эдерсоннинг "Галатасарой"га трансфери: "Манчестер Сити"нинг янги талаблари маълум  0 10:50"Наполи" Лукакунинг жароҳати сабабли АПЛдан ҳужумчи олиб келмоқчи  1 10:21Скалони сентябрдаги ўйинлар учун кимларни терма жамоага чақирди  0 09:44"Наполи" етакчиларидан бирининг жароҳати жиддий бўлиб чиқди  0 08:42"Барселона" жиддий қизиққан яна бир футболчи амалдаги жамоаси билан янги шартнома имзолади  1 08:11"Манчестер Сити" ҳимоячиси фаолиятини Туркияда давом эттириши мумкин  1 07:40Пролига. Бугун марказий учрашув бўлиб ўтади  2 07:15Суперлига. "Хоразм" — "Қизилқум" 0:1  0 00:51Қосимов фаолиятини Ироқда давом эттиради  5 00:30"Манчестер Сити" Родриго харидидан воз кечди, жамоа ўз вингерини сақлаб қолади  1 23:40Санчо "Рома"га ўтишни хоҳламаяпти, аммо римликлар уни кўндиришга уриниб кўради  0 23:13Ҳаким Фузайлов: "Хоразм"ни Суперлигада олиб қолишга ҳаракат қиламиз, бошқа йўлимиз ҳам йўқ"  10

Hafta qahramoni - Bas Dost Yangiliklar

Hafta qahramoni - Bas Dost

Bu haftadan boshlab saytimizda yangi rukn - "Hafta qahramoni" chop etiladi.
Ushbu sahifa orqali o'tgan haftaning eng yaxshi futbolchisi haqida qisqasa malumot berilib boriladi.



Birinchi qahramon sifatida Germaniyaning "Volfsburg" hujumchisi Bas Dostni tanladik. Ushbu hujumchi "bo'rilar" safida bundesliganing ikkinchi davrasidan boshlab asosiy hujumchi sifatida o'ynay boshladi. Ivica Olichning jamoadan ketishi gollandiyalik "snayper"ga yo'l ochdi desak mubolag'a bo'lmaydi. "Volfsburg" bosh murabbiyi Diter Xekking Olich jamoadan ketishi bilanoq Bas Dostga asosiy tarkibdan joy ajratdi. Bu imkoniyatni esa Dost ko'kka sovurgani yo'q. Ushbu mavsumda Bas Dost "bo'rilar" safida 10 ta bellashuvda maydonga tushib, raqiblar darvozasiga 9 marotaba yo'l topdi.



Avvaliga bundesliganing ikkinchi davradagi ilk o'yinida "Bavariya" darvozasini ikki bor "o'qqa" tutib, jamoasining muhim va yirik g'alabasiga zamin yaratgan edi. Keyinchalik "Xoffenxaym" bilan bo'lgan o'yinda gol va golli pasni o'z hisobiga yozdirib qo'ygandi. O'tgan haftada yana bir markaziy bellashuv "Bayer"ga qarshi o'yinda Bas Dost fantastik o'yin namoyish etib, Leno qo'riqlaydigan darvozaga to'rt bor to'p yo'lladi va jamoasiga muhim uch ochkoni taqdim etdi. O'tgan haftaning eng yaxshi futbolchisi bu "Bayer" bilan o'yinda poker qayd etgan Bas Dost bo'ldi desak yanglishmaymiz.



Bas Dost haqida qisqacha malumot:

Tug'ilgan yili: 1989 yil, 31 may.
Fuqoroligi: Gollandiya
Bo'yi: 192
Og'irligi: 78 kg
Amplua: Hujumchi
Klubi: "Volfsburg"

Faoliyati:
1994-2001 "Germanikyus" yoshlar jamoasida.
2001-2007 "Emmen" yoshlar klubi.

Professional faoliyati:
2007-2008 "Emmen" (Gollandiya) (23 o'yin, 6 gol)
2008-2010 "Xerakles" (Gollandiya) (61 o'yin, 17 gol)
2010-2012 "Xerenven" (Gollandiya) (66 o'yin, 45 gol)
2012-... "Volfsburg" (Germaniya) (51 o'yin, 21 gol)

SHahboz Beg'amov tayyorladi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика